“Yig‘layotgan go‘daklar jangi” Yaponlarning antiqa festivali

“Yig‘layotgan go‘daklar jangi” Yaponlarning antiqa festivali

Bir necha asrlardan beri Yaponiyada yilda bir marta kichik bolakaylarni atay qo‘rqitib yig‘lashga majbur qilishadi. Nega? Bunday shafqatsiz an’ana nima uchun kerak?

Bunday festivalni o‘tkazish an’anasi Yaponiyada o‘tkazilayotganiga to‘rt yuz yildan oshdi. Yaponlar bola baqirib qattiq yig‘lasa, undagi iblislar va shunga o‘xshash yovuz kuchlar qo‘rqqanidan qochib ketadi va u sog‘lomroq, quvnoqroq va baxtliroq bo‘lishiga ishonadilar.

Shunday ekan, bola yig‘lashi kerak, agar xohlamasa – bunga majburlash kerak.

Bu bayram butun Yaponiya bo‘ylab keng tarqalgan, ammo Tokioda katta ko‘lamda o‘tkaziladi. U bahorda, “oltin hafta” – 29-apreldan 5-maygacha bo‘lgan bayram kunlarida nishonlanadi.

Festival nomi – “Naki sumo”ning tarjimasi “yig‘lovchilar kurashi” degan ma’noni anglatib, yig‘layotganlar go‘daklar ekanligi hisobga olsak, u "yig‘layotgan go‘daklar kurashi”dir.

Shu kuni barcha ibodatxonalar oldida onalar bir yoshgacha bo‘lgan bolalari bilan yig‘iladi va farzandi bu musobaqada qatnashishini istashadi. Bu quyidagicha yuz beradi. Bolalarni juftliklarga ajratishadi, har bir bolani sumo jangchisi qo‘liga oladi va uni yig‘latishga harakat qiladi.

Ba’zi bolalar, notanish bahaybat odamning qo‘liga tushishi bilanoq baqirib yig‘lashni boshlaydi, ba’zi bolalar esa uning qo‘lida xotirjam o‘tirib, hatto bo‘layotgan voqealarni zavq bilan tomosha qilishadi.

Bu holatda onalar bolasiga baqirishni boshlaydi, undan yig‘lashni o‘tinadi, sumochi ham bolani qo‘rqitish uchun qo‘lidan kelganini qiladi – yuzini burishtiradi va har xil ovozlar bilan baqiradi. Qisqasi, bolani qo‘rqitish uchun fantaziyasiga kelgan hamma ishlarni qilishadi.

Musobaqani hakam kuzatib boradi. Agar bolani hech qanday usul yig‘latolmayotganini anglasa, u qo‘rqinchli niqob kiyib oladi va bolaga yovvoyi qichqiriq bilan yaqinlashadi. Bola esa oxir-oqibat yig‘laydi. Onalar yengil nafas tortadi — demak, farzandi endi sog‘lom va baxtli bo‘ladi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!