Yaqin haftalarda yer muzlaganidan keyin Ukrainadagi janglar yana kuchayadi

Yaqin haftalarda yer muzlaganidan keyin Ukrainadagi janglar yana kuchayadi

Ukrainadagi front chizig‘i bo‘ylab janglarning umumiy sur’ati so‘nggi kunlarda noqulay ob-havo sharoiti tufayli sekinlashdi, biroq janglarning shiddati dekabr oyining birinchi haftasi va keyingi haftalarda ham kuchayishi mumkin. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilarining kundalik hisobotida aytiladi.

Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, noyabr oyining oxiri va dekabr oyining boshlarida Ukraina shimoli-sharqida sovuq tushishi kutilmoqda. Demak, tuproq harbiy texnika va shaxsiy tarkibning harakatlanishi uchun yetarli darajada muzlaydi.

Shu bilan birga, ISW ekspertlari mojaro tomonlari ob-havo sharoiti o‘zgarganidan keyin hujumga tayyorlanayotganini tasdiqlovchi aniq ma’lumotlarga ega emasligini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!