Yaponlar viruslardan himoyalovchi plastik karta ishlab chiqishdi

Yaponlar viruslardan himoyalovchi plastik karta ishlab chiqishdi

 

Vosita karta tayyorlangan material ichiga kiritilgani sababli karta sirti tirnalgan yoki zararlangan bo‘lsa ham viruslarga qarshi xususiyati saqlanib qoladi.

Kartani ishlab chiqqan Toppan kompaniyasi o‘z ixtirosi uchun patent olishga ariza bergan.

Viruslarga qarshi kartalar elektron to‘lovlar tizimida, tibbiy muassasalar va boshqa sohalarda qo‘llanishi ko‘zda tutilmoqda.

“Bugungi kunda odamlar xavfsizlik va gigiyenani oshiruvchi yechimlarni qidirishmoqda. Bu kartalar sirtlarda viruslarni kamaytirib, buni ta’minlashda yordam beradi”, deb aytgan kompaniya xodimi Xiroshi Shimada.

2020 yil dekabrda Nobel mukofoti sovrindori Konstantin Novosyolov Shaffxauzen texnologiya institutidagi (Shveysariya) hamkasblari bilan birga koronavirus, gripp va boshqa yuqumli kasalliklar zarralarining 90 foizga yaqinini o‘ldiruvchi qoplama ishlab chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!