Yaponiyada “go‘shtxo‘r bakteriya” keltirib chiqaradigan xavfli kasallik tarqaldi

Yaponiyada “go‘shtxo‘r bakteriya” keltirib chiqaradigan xavfli kasallik tarqaldi

Yaponiyada odamni 48 soat ichida o‘ldirishga qodir “go‘shtxo‘r bakteriya” nomli kasallik tarqalmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, gap A guruhiga kiruvchi — beta-gemolitik gramm-musbat bakteriya, havo tomchilari va aloqa orqali yuqadigan oddiy streptokokk haqida ketmoqda. Odatda kasallanish tomoqdan boshlanadi.

Odamlar tez-tez streptokokk bilan, xususan, “go‘shtxo‘r bakteriya” nomini olgan A guruhidagi streptokokk bilan kasallanib turadi. Ammo bakteriyani yuqtirib olganlarning hammasida ham streptokokk toksik shok sindromi kuzatilmaydi, — deb yozadi nashr.

Streptokokk toksik shok sindromi organizm uchun noodatiy reaksiyani keltirib chiqaradi. U qo‘l va oyoqlarda og‘riq bilan boshlanib, istma va qon bosimi pasayishi sabab rivojlanib ketadi.

O‘lim holatlarining aksariyati 48 soatda sodir bo‘ladi. Bemor tongda tovonida shish paydo bo‘lganini sezsa, tushlikka borib u tizzaga tarqaladi. Inson 48 soat ichida vafot etishi mumkin”, — deydi Tokio tibbiyot universiteti professori Ken Kikuchi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikning hozirgi tarqatlish jarayoni oqibatida Yaponiyada 2024 yilda 2,5 ming kishi vafot etishi mumkin. Professor o‘z hamkasblari va odamlarni vahimaga berilmaslik hamda “elementar gigiyenaga” rioya qilishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!