Yaponiya Rossiya fuqarolarining ayrim guruhlari uchun viza olishni soddalashtiradi

Yaponiya Rossiya fuqarolarining ayrim guruhlari uchun viza olishni soddalashtiradi

Yaponiya hukumati Rossiya fuqarolarining ma’lum guruhlari – ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar va talabalar uchun viza talablarini soddalashtiradi. Bu haqida payshanba kuni Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe Vladivostokda bo‘lib o‘tgan Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisidagi nutqida ma’lum qildi, deya  xabar bermoqda TASS agentligi.

«Shu oydan boshlab, biz sakkiz pog‘onali hamkorlik rejasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat va ilmiy korxonalarda ishlayotgan Rossiya Federasiyasi fuqarolariga besh yil muddatga vizalar berishni boshlaymiz. Shunday qilib, iloji boricha ko‘proq rossiyalik talabalar Yaponiyaga kelib, viza olish jarayonini osonlashtiramiz», – deb e’lon qildi Yaponiya Bosh vaziri.

Abening so‘zlariga ko‘ra, Tokio Rossiya va Yaponiya ikki mamlakat fuqarolari uchun viza rejimini yengillashtirish bo‘yicha faol ish olib borishda davom etishiga umid qilmoqda. Abe, shuningdek, Yaponiya va Rossiya Federasiyasi 1956 yilgi deklarasiyaga muvofiq tinchlik shartnomasini tuzishga harakat qilishlari kerakligini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun 2016 yil may oyida Yaponiya Bosh vaziri tomonidan taklif qilingan sakkiz bandlik reja asos bo‘ldi. Hujjat energetika, kichik va o‘rta biznes, Uzoq Sharqni sanoatlashtirish, eksport bazasini kengaytirish sohalarida aloqalarni mustahkamlashni nazarda tutadi. Shuningdek, u ilg‘or texnologiyalar, shu jumladan, yadro energetikasi va gumanitar almashinuvlar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish taklifini o‘z ichiga oladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!