Yaponiya AQSh himoyasiga ishonmayapti va o‘zining yadro qurolini ishlab chiqarish haqida o‘ylamoqda

Yaponiya AQSh himoyasiga ishonmayapti va o‘zining yadro qurolini ishlab chiqarish haqida o‘ylamoqda

AQSh atom quroli sohasi bo‘yicha Rossiya va Xitoydan orqada qolmoqda va Yaponiyani himoya qila olmasligi mumkin, shu bois Tokio o‘zining yadro quroliga ega bo‘lish imkoniyati haqida o‘ylab ko‘rishi kerak, deyiladi sharhlovchi Yosiaki Yano JB Press uchun yozgan maqolasida.

Muallif Rossiya, Xitoy va KXDR tomonidan tahdid oshganini ta’kidlab, AQSh Yaponiya uchun turib berishiga shubha bilan qaramoqda.

Yano yadro qurolini tiyib turishning eng yuqori darajasi ekanini qayd etar ekan, agar bir tomon ikkinchi tomonga qarama-qarshilikning biror-bir darajasida tashabbusni bera boshlasa, qolgan barcha himoya behuda bo‘ladi.

"Yadro salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakat ham hatto oddiy qurollarni foydalangan holda urushda yutqaza boshlasa, u yadroviy tahdidi hisobiga dushman tomonni o‘z qoidasi bo‘yicha o‘ynashga majbur qila oladi", – deya izohlaydi o‘z fikrini muallif.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat uchun 100 tadan 300 tagacha jangovar kallak zarur bo‘ladi. Masalan, Fransiya, Buyuk Britaniya va Pokistonda shuncha yadro quroli bor.

Yanoning bayonot berishicha, Yaponiyada qisqa muddatda yadro qurolini yaratish uchun ham texnikaviy, ham moliyaviy imkoniyat yetarli, biroq AQSh kafolat bergani uchun bu ishga qo‘l urgani yo‘q. Shu tufayli Yaponiya AQShning jangovar kallaklar soni bo‘yicha Rossiya va Xitoydan orqada qolayotgani sababli muallif Amerika panohining ishonchliligiga shubha bildirdi.

Sharhlovchining fikricha, AQSh Yaponiyaning keyinchalik Xitoyning “vassali” bo‘lib qolmasligi hamda Tinch okeaninig g‘arbiy qismida ustunlikni qo‘ldan bermasligi uchun uning yadro quroliga ega bo‘lishiga yordam berishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!