Yangi yil oqshomida “ognetushitel” portlatganlarga hukm o‘qildi

Yangi yil oqshomida “ognetushitel” portlatganlarga hukm o‘qildi

Joriy yilning 1 yanvar kuni poytaxt Toshkentdagi “Samarqand darvoza” savdo majmuasi oldida fuqarolar Yangi yilni nishonlash maqsadida qo‘lbola “ognetushitel” portlatgandi. Oqibatda holatni videoga olayotgan 3 kishi jarohatlangandi. Mazkur hodisaga aloqador bo‘lgan 13 kishiga ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olingandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida holat yuzasidan 8 nafar shaxsga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Surishtiruvlar natijasiga ko‘ra, ushbu 8 nafar shaxs oldindan til biriktirib, pirotexnika vositalarini qonunga xilof tarzda tayyorlash, saqlash, tashish va undan foydalanish jinoyatini sodir etgan.

“To‘rtta barmog‘im singandi. Bitta barmog‘imni olib tashlashgan. Endi keyingi operasiyada pay bilan nervlarni ulashadi. 55 kun davolandim. Sudlanuvchidan bittasi moddiy yordam ko‘rsatdi. Hech kimdan da’voyim yo‘q. Sudga havola qilaman”, deydi hodisa oqibatida jabrlanganlardan biri.

Sud hukmiga ko‘ra, 5 nafar sudlanuvchiga nisbatan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish, 3 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!