«Yandeks» o‘zining yangi shtab-kvartirasining loyihasi bilan bo‘lishdi (foto)

«Yandeks» o‘zining yangi shtab-kvartirasining loyihasi bilan bo‘lishdi (foto)

Ma’lum qilinishicha, binoning 1 va 2-qavatlari qahvaxona, dorixona va go‘zallik salonlariga beriladi. Ofis hududida dam olish, ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanish uchun alohida hudud bo‘ladi. Shtab-kvartira yaqinida, akademik Zelinskiy va akademik Zeldovich ko‘chalari o‘rtasida bog‘ qad ko‘taradi.

«Yandeks» xodimlari uchun esa oshxona, qahvaxona, sport zallari va basseyn, shuningdek, binoning tom qismida maydoncha qurish ko‘zda tutilgan.

«Yandeks» o‘zining yangi shtab-kvartirasining loyihasi bilan bo‘lishdi (foto)

Foto: «Yandeks» matbuot xizmati

«Yangi shtab-kvartira nafaqat xodimlar uchun uy va mahalliy aholi uchun qulay makonga, balki taqdimot zallar, o‘quv sinflari, kompyuter texnikalari muzeyiga ega ta’lim maydonchasiga aylanadi», — deyiladi kompaniya xabarida.

«Yandeks» shtab-kvartirasining loyihasi Londondagi PLP Architecture byurosi tomonidan yaratilgan bo‘lib, bosh arxitektor — Li Polisano. Binoning tashqi ko‘rinishini titan panellar bilan qoplash rejalashtirilgan.

«Yandeks» o‘zining yangi shtab-kvartirasining loyihasi bilan bo‘lishdi (foto)

Foto: «Yandeks» matbuot xizmati

«Yandeks» o‘zining yangi shtab-kvartirasining loyihasi bilan bo‘lishdi (foto)

Foto: «Yandeks» matbuot xizmati

Shuningdek, loyihada Rossiyadaning APEKS va RTDA byurolari ham ishtirok etmoqda. Landshaft dizayn bilan «Zaryadye» bog‘i va «Lujniki» sport kompleksini yaratishda ishtirok etgan Arteza kompaniyasi shug‘ullanadi.

«Yandeks» o‘zining yangi shtab-kvartirasining loyihasi bilan bo‘lishdi (foto)

Foto: «Yandeks» matbuot xizmati

«Korston» mehmonxonasi binosini buzish 2020 yil oxirida boshlanadi. Hozirda «Yandeks»ning shtab-kvartirasi poytaxtning Lev Tolstoy ko‘chasida joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!