Yana 114 nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun jo‘nab ketdi

Yana 114 nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun jo‘nab ketdi

Respublikamizda ilk marotaba Farg‘onada viloyat hokimligi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi Farg‘ona filiali hamkorligida Rossiya davlatining Perm o‘lkasida ishlash istagini bildirgan 144 nafar fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

“RESURS+” qurilish kompaniyasidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qilinib, suhbat asosida undan muvaffaqiyatli o‘tganlar bilan Rossiya Federasiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Bugun, 2 iyun sanasida “Farg‘ona” xalqaro aeroportidan migrantlar A320 Ural Airlines laynerida soat kunduzgi 13:35 da Perm o‘lkasiga jo‘nab ketishdi.

- Men Yozyovon tumanida istiqomat qilaman. “Ishga marhamat” monomarkazida o‘qib, sertifikat oldim. Toshkent va Samarqand shaharlarida qurilish ishlarida qatnashganman. Endi Rossiyaga ketyapmiz. U yerda bizning hujjatlarimiz tayyorlanishida, yotoqxona va oziq-ovqat bilan ta’minlanishimizda qabul qiluvchi qurilish kompaniyasi yordam beradigan bo‘ldi, - deydi Baxtiyor Tojiboyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!