Yakkabog‘lik ayol besh kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotayotganida ushlandi

Yakkabog‘lik ayol besh kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotayotganida ushlandi

Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tadbir davomida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi B.S o‘zining 2021 yil 8 oktyabr kuni tug‘ilgan farzandini 5 ming dollarga sotgan vaqtda ushlandi. Shuningdek, undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Shundan so‘ng, B.S.ning voyaga yetmagan farzandi Sirdaryo viloyati Bolalar uyiga topshirildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!