Yakkabog‘dagi maktab yeri ko‘p qavatli uy qurish uchun berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Yakkabog‘dagi maktab yeri ko‘p qavatli uy qurish uchun berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, Yakkabog‘ tumanidagi 75-umumta’lim maktabi balansidagi yer uchastkalari ko‘p qavatli turar-joy binosi qurish uchun ajratilib, asossiz ravishda begonalashtirilgan.

Talon-toroj qilinganlik holati yuzasidan tuman hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish doimiy komissiyasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borishi nazoratga olingan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!