Xabaringiz bor, joriy yil 22 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shko‘pir tumanidagi 8-sonli maktab va 4-sonli IDUMning 200 dan ortiq o‘qituvchilari va ishchi xodimlari tomonidan videomurojaat yo‘llandi. Ular o‘z murojaatlarida 2 ta maktab bir binoda joylashgani sababli Moliya vazirligi tomonidan birlashtirilishi rejalashtirilgani oqibatida ishsiz qolishlari mumkinligini bildirganlar.
Holat yuzasidan vioyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi «Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida»gi PF-106-sonli Farmoniga asosan Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktab va maktab-internatlari negizida, Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari tashkil qilinishi belgilangan.
Ushbu Farmonga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlar bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim maktablari sifatida qayta tashkil etilishi, ular faoliyati ushbu maktablarda ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini bitirguniga qadar davom ettirilishi, fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlarning rahbarlariga hamda ixtisoslashtirilgan fanlardan dars o‘tganligi uchun pedagog kadrlariga amalda belgilangan qo‘shimcha ustama haqlar ushbu maktablardagi ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati tugatilguniga qadar saqlab qolinishi belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, bir binoda ikkita yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritilayotgan ta’lim muassasalari Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi «Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida»gi PF-106-sonli Farmoniga asosan faoliyat olib borayotganligini, shu binoda joylashgan 8-sonli maktab umumiy o‘rta ta’lim maktabi sifatida faoliyat olib borayotganligini inobatga olgan holda ushbu ta’lim muassasalarini bitta ta’lim muassasasi sifatida qayta tashkil qilish PF-106-sonli Farmoniga asosan mumkin emasligi ma’lum qilindi.
Bu yuzadan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga 2024 yil 21 may kuni xat orqali bildirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.