Xorazmda onlayn omonat va’da qilib, uch kishini chuv tushirgan sobiq bank xodimi aniqlandi

Xorazmda onlayn omonat va’da qilib, uch kishini chuv tushirgan sobiq bank xodimi aniqlandi

Xorazm viloyatida onlayn omonat va’da qilgan sobiq bank xodimi va imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Xiva shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda J.A. ismli shaxs hududiy tijorat bank xizmatlari markazida ishlagan davrida uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, yillik 23 foiz ustama to‘lash sharti bilan onlayn omonat qo‘yishini aytib, ularning jami 124,1 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Shu kabi, Xiva shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda T.R. ismli shaxs fuqaro J.Y.ning ishonchiga kirib, unga hududiy tijorat banki filialidan 1,8 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishini va’da qilib, evaziga 1 000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirib, o‘zlashtirgan shaxslar aniqlangan edi. Shuningdek, Toshkent viloyatida o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing nomiga kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!