Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini tabrikladi

Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!

Qadrli ofiser va generallar, serjant va safdorlar!

Muhtaram faxriylar!

Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu quvonchli ayyomda sizlarning xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi katta xizmatlaringizni yana bir bor minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

Hozirgi kunda “Barcha islohot va o‘zgarishlar – inson qadrini ulug‘lash uchun” degan ezgu tamoyil asosida butun yurtimizda fuqarolarimiz uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish, aholining turmush farovonligini oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, ularni el-yurt manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan xalqchil va professional tizimga aylantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz, hech shubhasiz, muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Bu haqda so‘z yuritganda, so‘nggi yillarda barcha mahallalarda xavfsiz, tinch va osoyishta muhit yaratish, hududlarda ilg‘or tajriba va amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha muhim natijalar qo‘lga kiritilayotganini ta’kidlash lozim.

Xususan, Xiva tumanining Istiqlol mahallasi namuna sifatida belgilanib, shu asosda 314 ta kriminogen vaziyati og‘ir mahallada raqamlashtirish jarayoni to‘liq amalga oshirildi. Yonma-yon joylashgan, kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni kichik hududlarga ajratgan holda, ularda yangicha ish uslublari orqali jamoat tartibini saqlash bo‘yicha Namangan shahar tajribasi yaratildi.

Profilaktika, patrul-post va probasiya xizmatlari inspektorlarining faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish, xodimlarning bilim darajasini oshirish orqali hududlarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Buxoro viloyatida mahallalar jamoat joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish uchun kichik hajmdagi dronlardan foydalanish tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yildi.

Eng muhimi, biz yosh avlodimizning sog‘lom hayoti va kelajagini ta’minlash uchun giyohvandlikning oldini olish, yoshlarda bunday vositalarga nisbatan kuchli immunitetni shakllantirish hamda ularning noqonuniy aylanmasiga, ayniqsa, internet tarmoqlari orqali tarqalishiga chek qo‘yishga qaratilgan milliy strategiyamizni qabul qildik va uni qat’iy ijro etishga kirishdik.

Ana shunday islohotlar natijasida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yondashuvlar tubdan o‘zgardi. Huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi mumkin bo‘lgan fuqarolarni profilaktika inspektorlari vaqtida aniqlashlari hamda mavjud muammolar “mahalla yettiligi” tomonidan samarali hal etilishi uchun ijtimoiy profilaktika tizimi va uning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari yaratildi. Jinoyatchilikka oid tendensiyalarni kompleks ilmiy yondashuvlar asosida aniqlash, tizimlashtirish va salbiy omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tizimida O‘zbekiston Kriminologiya tadqiqot instituti ish boshladi.

Qayd etish lozimki, respublikamizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Misol uchun, Buyuk Britaniyaning Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan o‘tgan yili e’lon qilingan reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston jahonning 121 ta mamlakati orasida eng xavfsiz davlat deb tan olindi. Bunday yutuq bizga mamnuniyat bag‘ishlash bilan birga, katta mas’uliyat ham yuklaydi.

Aziz do‘stlar!

Tizim xodimlarining kasb mahoratini oshirish, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish masalasi ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Bu jarayonda, avvalo, olis va chekka hududlarda joylashgan hamda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan tuman va mahallalarda xizmat qilayotgan xodimlar mehnatiga alohida ahamiyat berilib, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitlari yaratilmoqda.

Albatta, bugungi shiddatli taraqqiyot asrida ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini innovasion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va ilm-fan yutuqlariga tayangan holda tashkil etish – mamlakatimizda huquq-tartibotni yanada mustahkamlashning muhim omili ekanini sizlar yaxshi tushunasiz.

Shuning uchun tizimda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz. Jumladan, yangi turdagi jinoyatlar hamda axborot vositalari yordamida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda ta’sirchan mexanizmlarni qo‘llash, kriminogen vaziyat bo‘yicha “qizil” toifada bo‘lib kelayotgan mahallalarda ilmiy yondashuvlar asosida jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan manzilli ish olib borishimiz, tergov sifatini oshirish orqali aholi o‘rtasida bu sohada adolatga bo‘lgan qat’iy ishonchni shakllantirishimiz lozim.

Muxtasar aytganda, ichki ishlar tizimidagi o‘zgarishlarning amaliy natijasini xalqimiz o‘z kundalik hayotida doimo sezishi, his etishi shart.

Hurmatli soha xodimlari!

Fursatdan foydalanib, siz, azizlarga o‘z xizmat burchingiz va muqaddas qasamyodingizga doimo sodiq qolib, Vatanimiz va xalqimizga fidokorona xizmat qilib kelayotganingiz uchun chin dildan tashakkur bildiraman.

Hech shubhasiz, sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingizni munosib rag‘batlantirish kelgusida ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida bo‘ladi.

Ushbu qutlug‘ ayyomda el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur soha xodimlarining xotirasini hurmat va ehtirom bilan yod etib, ularning oilalari va farzandlariga bayram tabrigimiz va ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz.

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga baxt-saodat, tinchlik va fayzu baraka, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda kuzgi ta’til vaqti e’lon qilindi

10 ноябрдан навбатдаги чорак бошланади.

Eron o‘rab olinmoqda

Систан ва Балужистон вилоятлари ҳамда Хуросон-Разавийда қурилиш ишлари аллақачон бошланган.

Rossiya Isroilga yuzlandi

Москва Исроилни огоҳлантирди.

Antarktida yashil rangga aylana boshladi

Олимлар сўнгги 40 йил ичида "кўкаламзорлаштириш" майдони 10 баробар ошганини айтмоқда

Ertalabdan Isroilga yuzlab raketalar tashlandi

Ливандан Исроилнинг шимолий ҳудудларига 70 га яқин ракета учирилди.

Eron ogohlantirmoqda...

Эрон БМТ Хавфсизлик Кенгашига мактуб юборди.

Koreys askarlari rus formasini kiydi... Endi frontga!

Шимолий Корея армияси аскарлари Украина фронтига жўнаб кетиш арафасида Россия ҳудудида машғулотлар ўтказмоқда. Интернетда кореялик ҳарбийлар акс этган видео пайдо бўлди.

Qozog‘iston shimoli odamlarsiz qolishi mumkin

Бу ҳақда эксперт Қозоғистон агротехника тадқиқот университетида ўтказилган анжуманда айтиб ўтди.

"Real Madrid" Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan afsusda

Ромаин Молина "Реал" Килиан Мбаппе трансферидан мамнун эмаслигини айтди.

Kanada: Hindiston «dahshatli xato» qildi

Ҳиндистон ҳукумати Канада хавфсизлиги ва суверенитетига шу қадар тажовузкорлик билан аралашиши мумкин деб ўйлаб, даҳшатли хатога йўл қўйди.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Бундан тўрт кун олдин, яъни 2024 йил 23 сентябр куни Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш концепциясини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 600-сонли қарори қабул қилинди.

Koreya osmonida qiruvchi samolyotlar, dronlar...

Корея Республикаси ва АҚШ 110 га яқин самолёт, жумладан F-35 қирувчи самолётлари иштирокида «Озодлик байроғи» ҳаво машқларини ўтказмоқда.

Putin BRIKSga katta taklif kiritdi

Россия раҳбарининг сўзларига кўра, ушбу платформадан кўзланган мақсад БРИКС мамлакатлари, Глобал Жануб ва Шарқ мамлакатларига сармоя оқимини кўпайтириш ва ушбу мамлакатлардаги йирик инфратузилма ва технологик лойиҳаларга сармоя киритишга эътибор қаратишдир.

Bu 7 oktyabrdagi hujumdan ham kattaroq hujum bo‘lardi

Сурия Мудофаа вазирлиги маълумотларига кўра, ҳаво ҳужуми оқибатида бир аскар ҳалок бўлган, етти нафари яраланган

Isroil Eronga javob zarbasini kechiktirdimi yoki qo‘rqmoqdami?

Исроилнинг Эронга қарши жавоб зарбаси кечикди, дея хабар тарқатилмоқда.

BRICS sammitida 13 mamlakat “hamkor davlat” maqomini oldi

Оммавий ахборот воситалари хабарларига кўра, Ҳиндистон Туркиянинг ташкилотга тўлиқ киришига тўсқинлик қилмоқда.

Chechenistonda noma’lum shaxslar qurolli hujum uyushtirdi

Росгвардия матбуот хизмати хабарига кўра, ўққа тутилиш натижасида ҳарбий хизматчилардан бири ҳалок бўлган, иккинчиси яраланган.

Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib halok bo‘ldi

Оқибатда машина йўл четидаги ариққа ағдарилиб кетган. Ўқувчи бола оғир тан жароҳатлари билан шифохонага ётқизилган.

Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Тахминларга кўра, ҳодисага кўчки сабаб бўлган.

Qozog‘iston Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermaydi

Остона бу чекловларни қўллаб-қувватламасада, Қозоғистон ҳудудидан Россияга қарши санкцияларни четлаб ўтиш учун фойдаланишга қарши.

Ayollar "Yagona Rossiya" ofisiga o‘t qo‘ydi

Пермда 24 октябрга ўтар кечаси икки аёл "Ягона Россия" партияси минтақавий бўлими ҳудудига Молотов коктейлини улоқтирди.

Xarris Trampni "fashist" deb hisoblaydi. Sobiq prezident unga javob berdi: "Buzuq miya."

Демократик партиядан АҚШ президентлигига номзод Камол Харрис ўз рақиби - республикачи Доналд Трампни "фашист" деб ҳисоблашини маълум қилди.

BRIKS sammiti G‘arbning Rossiyani yakkalab qo‘yish rejasi barbod bo‘lganini ko‘rsatdi - Duma spikeri

Вячеслав Володин саммитда муҳим қарорлар қабул қилинаётганини, унинг иштирокчилари доираси эса БРИКСнинг глобал миқёсдаги нуфузидан далолат беришини қайд этди.

Isroil armiyasi G‘azo markazidagi qochqinlar lagerlariga zarba berdi

Аввалроқ анклав шимолидаги Жабалия қочқинлар лагерида кучли отишма содир этилгани, 30 дан ортиқ фаластинлик Исроил зарбалари қурбони бўлгани хабар қилинганди.

Jinoyat: Isroil bir necha yuz ming livanliklarni uysiz qoldirdi

Исроил ҳужуми бошланганидан бери 420 мингдан ортиқ одам Ливанни тарк этди, 800 мингдан ортиқ ливанлик ўз уйларини тарк этган.

AQSh Ukraina fonida Koreya yarim orolida keskinlikni keltirib chiqarmoqdami?

Россия ҳам, Шимолий Корея ҳам шимоллик аскарлар Украинада жанг қилишини рад этмоқда.

Cheksiz jinoyatlar: Isroil Jabaliya lageridagi 20 kunlik qamalda 770 dan ortiq odamni o‘ldirdi

Ғазо шимолида фуқаролик мудофааси ишлари бутунлай тўхтади - вазият ҳалокатли даражада.

Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Сунъий интеллект соҳасидаги этика бўйича тадқиқотлар ва ишланмаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Беруний номидаги ЮНEСКО–Ўзбекистон халқаро мукофоти таъсис этилди.

Turkiya ommaviy axborot vositalari Anqaradagi terakt haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar uchun jazolanadi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Lukashenkoning aytishicha, Ukraina hukumati Rossiya bilan yadroviy mojaro bo‘lishini xohlaydi

Украина ҳукумати Россия иштирокида ядровий можаро бошламоқчи. Бундай фикрни Беларус президенти Александр Лукашенко билдирди, дея хабар беради «ТАСС» .

Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar va yaralanganlar sonini aytdi

Анқарада содир этилган теракт оқибатида 4 киши ҳалок бўлди, яна 14 киши яраланди. Бу ҳақда Туркия президенти Ражаб Эрдўғон маълум қилди , деб ёзади «Интерфакс» .

«Kannabis» yetishtirayotgan fuqaroning xonadonidan «marixuana» ham chiqdi

Ўз истеъмоли учун «каннабис» етиштирган фуқаронинг хонадонидан «марихуана» ҳам топилди.

Lukashenko 2025 yilgi saylovda ishtiroki bo‘yicha javob berdi

Беларус президенти Александр Лукашенко 2025 йилда бўлиб ўтадиган президентлик сайловларида қатнашишини айтди, деб ёзади «ТАСС».

Rossiya Ukraina sharqida front chizig‘i bo‘ylab o‘nlab hujumlar uyushtirdi

Воқеалар «тезлик билан ривожланмоқда».

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga yordami haqida nima bilamiz?

Декабрга қадар Россияга 10 мингга яқин киши жўнатилиши кутилмоқда.

Germaniya Shimoliy Koreya diplomatini Ukraina yuzasidan chaqirdi

Германия Ташқи ишлар вазирлиги Шимолий Корея қўшинларининг Украинага киритилиши ҳақидаги хабарлар юзасидан Пхеняннинг Берлиндаги бош дипломатини чақирди.