Eron: dollar AQShning quroliga aylandi
Eron prezidenti Masud Pezeshkian tor doiradagi BRIKS sammiti yig‘ilishida Qo‘shma Shtatlarni dollarni boshqa davlatlar ustidan nazorat va bosim vositasi sifatida ishlatayotganlikda aybladi, deb xabar beradi Eron IRNA axborot agentligi. Uning fikricha, BRIKS doirasidagi hamkorlik Amerika valyutasining jahon iqtisodiyotidagi hukmronligini inkor etishga yordam berishi mumkin.
«Dunyo BRIKSni dollar gegemonligini zaiflashtirish va milliy valyutalarda to‘lovlarni kengaytirish yo‘li deb biladi», - deya ta’kidladi u.
Pezeshkian BRIKS mamlakatlari energiya va oziq-ovqat kabi asosiy tovarlarning eng yirik ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari ekanligini, shuningdek, o‘zaro savdo uchun milliy valyutalardan foydalanishni yanada foydali va soddalashtirgan muhim savdo yo‘llariga kirish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidladi.
Qozonda Vladimir Putin raisligida BRIKS 16-sammitining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ilk bor assosiasiyaning yangi a’zolari – Misr, Efiopiya, Eron va yanvar oyida ittifoqqa rasman qo‘shilgan BAA rahbarlari ishtirok etdi.
Rossiya prezidenti jahon janubi va sharqining milliy iqtisodiyotlari hamda davlatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi BRICS investisiya platformasini yaratishni taklif qildi. Shuningdek, u JST masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar va BRIKS don birjasini yaratish bo‘yicha maxsus mexanizmni ishga tushirish tashabbusi bilan chiqdi.
Sammitda 22 davlat rahbari va olti xalqaro tashkilot rahbari, jumladan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirok etmoqda.