Xorazmda hokim o‘rinbosari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi

Xorazmda hokim o‘rinbosari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi

Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 17 mart kuni Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari, tuman Investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Umidjon Usmonboyevich Jumagaldiyev baxtsiz voqea oqibatida olamdan o‘tgan.

Umidjon Jumagaldiyev 1990 yilda Gurlan tumani Xazorasp qishlog‘ida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2021 yilda tuman hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan. Marhumning 3 nafar voyaga etmagan farzandlari bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!