Xorazmda 58 nafar abonentning rizqini o‘g‘irlagan jinoyatchiga jazo tayinlandi

Xorazmda 58 nafar abonentning rizqini o‘g‘irlagan jinoyatchiga jazo tayinlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi rais A.Qahharov tomonidan O‘zbektelekom aksiyadorlik kompaniyasi Xorazm viloyat filiali binosida ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

1992 yil 28 fevral kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan D.I ijtimoiy foydali mexnat bilan shug‘ullanmasdan, jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tadi.

Xususan, D.I 2012 yilning dekabr oyidan 2018 yilning iyun oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zining jinoiy harakatlarini davomli ravishda amalga oshirib kelib, o‘zining nomiga O‘zbektelekom aksiyadorlik kompaniyasi Xorazm-Telekom filiali tomonidan 2011 yil 15 iyunda yashash uyidagi telefon raqamiga rasmiylashtirilgan TelMax rusumli internet modem qurilmasidan kompyuter tizimi orqali internet xizmatini yoqtirib, ScaningRi (dastur nomi o‘zgartirilgan) dasturidan foydalanib, faol holatda bo‘lgan 58 nafar abonentning har bir megabaytni o‘rtacha qiymati 50 so‘mni tashkil qilgan jami 13.490.084 so‘mlik 269.801.068 megabayt internet trafiklarini kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirgan holda yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘zining shaxsiy maqsadlari yo‘lida ishlatib kelgan.

Sud hukmiga ko‘ra, D.I tomonidan fuqarolarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi inobatga olinib, D.Iga O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi b bandi bilan JKning 57-moddasi qo‘llanilib 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik kabi ta’qiqlar belgilandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!