6 aprel kuni Madridda o‘tkazilgan yarim marafonda qatnashgan ikki erkak yurak muammolari sababli vafot etdi. Bu haqda Eldiario.es xabar bermoqda.
Marhumlardan biri 35 yoshda edi. Ma’lum qilinishicha, u marraga 500 metr qolganda yurak xurujiga uchragan. Erkak shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.
Ikkinchi marhum 20 yoshda bo‘lib, u ham tezlik bilan shifoxonaga olib kelingan, ammo o‘sha yerda jon bergan.
Ta’kidlanishicha, yarim marafonda jami 27 ming kishi ishtirok etgan, 50 nafar sportchiga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga to‘g‘ri keldi.
Madrid yarim marafoni 24 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. 35 yoshli erkakning vafoti Madrid yarim marafoni tarixida qayd etilgan birinchi hodisa emas. 2010 yilda 31 yoshli sportchi o‘sha paytda El-Retiro bog‘ida joylashgan poyga marrasini kesib o‘tgach, hushidan ketib vafot etgan.
Ushbu voqeadan so‘ng, yuguruvchilar marraga osonroq yetib borishlari va 20 kilometrdan ortiq masofaga yugurishdan keyin yuqori shiddatli yakuniy bosqichdan qochish uchun marra chizig‘i tekisroq joyga ko‘chirilgan. Bu yil marra chizig‘i Paseo de Recoletosda, Ispaniya Milliy kutubxonasi oldida, hech qanday jiddiy balandliklarsiz joylashtirilgan.
Bundan tashqari, 2005 yilda Madridlik yana bir 24 yoshli yigit poygada ishtirok etayotganda to‘satdan vafot etgan. Yuguruvchi musobaqa paytida hushini yo‘qotgan va yuragi to‘xtab qolgan. Yurak xuruji kutilmaganda sodir bo‘lgani sababli, uni davolagan tibbiyot xodimlari uning hayotini saqlab qolish uchun hech narsa qila olmadilar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Tsukuba университети япон олимлари мунтазам равишда велосипед миниш кексалик даврида ўлим хавфини ва узоқ муддатли парваришга бўлган эҳтиёжни камайтиришини аниқлади.
Қирғизистон парламенти депутати Дастан Бекешев Россия Давлат думаси депутати Михаил Матвеевни расмий Бишкекка нисбатан айтган гаплари учун персона нон грата деб эълон қилишни таклиф этди.
Агентликнинг ёзишича, сунъий йўлдош Россия Федерацияси томонидан Украинага кенг кўламли бостириб киришидан бир неча ҳафта олдин учирилган ва ўтган йил давомида назоратсиз айланиб юрган бўлиши мумкин.
Халқаро валюта жамғармаси (ХВЖ) Украинадаги қуролли можаро 2025 йилда якунланишини кутмоқда. Бундай маълумотлар ташкилотнинг сўнгги ҳисоботида келтирилган.
Покистон Сенати (парламент юқори палатаси) бир овоздан Ҳиндистон шимолидаги Жамму ва Кашмир ҳудудида содир этилган терактда Исломободнинг ролини инкор қилувчи резолюцияни қабул қилди, дея хабар беради Dawn портали.
Украина президенти Владимир Зеленский Киев вақтинчалик босиб олинган ҳеч қандай ҳудудни Россиянинг бир қисми сифатида ҳуқуқий жиҳатдан тан олмаслигини маълум қилди.