Xorazmda 1,6 tonna tosh bosadigan buqa parvarishlanmoqda

Xorazmda 1,6 tonna tosh bosadigan buqa parvarishlanmoqda

Yangibozor tumanida fermer xo‘jaligida Avstriyadan keltirilgan Simmental zotli 150 bosh qoramol parvarishlanmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, shu yerdagi 2 yoshli buqa qariyb 1,6 tonna tosh bosadi.

Hozirda ushbu korxona kuniga 600-700 litr sut olmoqda. Yil oxirigacha yana 66 bosh qoramol olib kelish rejalashtirilgan.

To‘liq quvvatda ishga tushirilgandan so‘ng kuniga 1500 l sut olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!