Myunxenda Markaziy Osiyoning yangi hamkorlik modeli taqdim etildi

Myunxenda Markaziy Osiyoning yangi hamkorlik modeli taqdim etildi

SMTI direktori: Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti mintaqa barcha rahbarlari tomonidan qabul qilingan va butun Markaziy Osiyoni birlashtirgan formulani taklif etdi.

Joriy yilning 14–15 fevral kunlari Myunxen shahrida (GFR) bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik bo‘yicha 62-Myunxen konferensiyasi doirasida ushbu platforma tarixida birinchi marta Markaziy Osiyo tinch transformasiya, barqaror rivojlanish va mintaqaviy mas’uliyatning o‘ziga xos modeliga ega yaxlit mintaqa sifatida taqdim etildi. Bu fikr Nizomiy Ganjaviy nomidagi xalqaro markaz (Ozarbayjon) va Kaspiy siyosati markazi (AQSh) tomonidan tashkil etilgan tadbirlardagi munozaralar doirasida bildirildi.

Sessiyalarning asosiy ma’ruzachilari va ishtirokchilari orasida Saudiya Arabistoni Qirolligi Islom tadqiqotlari markazi direktorlar kengashi raisi Turki Al-Faysal bin Abdulaziz Al Saud, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Migel Anxel Moratinos, YUNKTAD Bosh kotibi Rebeka Grinspan, Avstriya sobiq federal kansleri Sebastyan Kurs, Yevropa tinchlik instituti prezidenti Xelga Shmid, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Striprays va boshqalar bor.

O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ishtirok etdi. Ularning nutqlari so‘nggi o‘n yil ichida mojarolardan barqaror hamkorlikka o‘tishga muvaffaq bo‘lgan Yevroosiyoning kam sonli mintaqalaridan biri sifatida Markaziy Osiyoni muhokama qilishning konseptual asosini yaratdi.

Nizomiy Ganjaviy nomidagi xalqaro markaz sessiyasida so‘zga chiqqan SMTI direktori Eldor Aripov Myunxen konferensiyasida Markaziy Osiyo bo‘yicha alohida, mazmunli munozara paydo bo‘lishining o‘zi juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

“Uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyo asosiy tahliliy va siyosiy e’tibordan chetda qoldi. Mintaqa haqidagi ma’lumotlar uzuq-yuluq va eskirgan edi. Bugun biz Markaziy Osiyoni nafaqat o‘zi o‘zgargan, balki global xavfsizlik muhokamasiga ijobiy hissa qo‘shishga qodir mintaqa sifatida birinchi marta tilga olmoqdamiz”, – dedi Eldor Aripov.

Uning ta’kidlashicha, mintaqaning transformasiyasi global miqyosda keskinlashuv va qutblanish jarayonlari kuchayayotgan bir sharoitda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Dunyoning ko‘plab hududlarida beqarorlik ortib borayotgan bir paytda, Markaziy Osiyo muqobil rivojlanish trayektoriyasini – muloqot, pragmatizm hamda “nol yig‘indili o‘yin” mantig‘idan voz kechish tamoyillariga asoslangan yondashuvni namoyon etmoqda.

SMTI direktori o‘n yil oldin ham mintaqa yopiq chegaralar, hal etilmagan hududiy va suv nizolari, vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan qurolli hodisalar va chegaraning minashtirilgan uchastkalari bilan bog‘liq bo‘lganini eslatdi. Bularning barchasi millionlab odamlarning hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi.

Bugun vaziyat butunlay boshqacha.

Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy savdo ikki barobardan ziyod ko‘paydi, o‘zaro investisiyalar hajmi qariyb besh barobar oshdi, aholining transchegaraviy harakatchanligi mintaqa o‘nlab yillar davomida ko‘rmagan darajada tiklandi. COVID-19 pandemiyasi davrida ham mintaqa mamlakatlari hayotiy muhim tovarlarni yetkazib berish uchun chegaralarni ochiq qoldirgani – jamoaviy barqarorlik va o‘zaro ishonchning ifodasi sifatida e’tiborga loyiqdir.

“Markaziy Osiyoning asosiy sabog‘i shundaki, geografiya emas, siyosiy tafakkur o‘zgardi. Eng yuqori darajadagi siyosiy iroda asosiy omil bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti qarama-qarshilik o‘rniga barqarorlik va taraqqiyot foydasiga ongli tanlov qildi va mintaqaning barcha yetakchilari tomonidan qabul qilingan formulani taklif qildi: barqaror rivojlanish faqat o‘zaro manfaatlar asosida amalga oshishi mumkin”, – dedi SMTI direktori.

E. Aripov, shuningdek, mintaqaga oid xavfsizlik faqat harbiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilmay, rivojlanish, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik natijasi sifatida qayta ko‘rib chiqilganini ta’kidladi.

Ma’rӯzalarda mahalliy hamjamiyatlarning o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Uning qayd etishicha, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlik nafaqat davlatlararo kelishuvlar bilan, balki tinchlikning oddiy fuqarolar hayotida amaliy mazmun kasb etgani bilan ham ta’minlanmoqda – savdo-sotiq, turizm va transchegaraviy hamkorlik orqali.

Aynan shu yondashuv o‘tgan yil oktyabr oyida Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Farg‘ona tinchlik forumining asosini bo‘ldi.

“Farg‘ona muloqoti hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va mahalliy hamjamiyatlar birgalikda ishlaydigan platformaga aylandi. Uning vazifasi nafaqat erishilgan o‘zgarishlarni qayd etish, balki Markaziy Osiyoni mojarolarning oldini olish va dunyoning boshqa mintaqalari uchun ishonchni oshirish bo‘yicha amaliy tajriba manbaiga aylantirishdir”, – dedi Eldor Aripov.

Forum yakunlariga ko‘ra, uni mintaqaning uzoq muddatli barqarorligiga qaratilgan va uning tajribasini xalqaro darajaga yetkazuvchi doimiy muloqot platformasi sifatida institutlashtirishga qaror qilindi.

Ushbu mavzunung mantiqiy davomi Kaspiy siyosati markazi tomonidan tashkil etilgan maydonda o‘tkazilgan muhokama bo‘ldi, unda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning O‘rta koridor kontekstida ortib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi masalasi muhokama qilindi.

Eldor Aripov o‘z nutqida ikki mintaqa o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi Yevroosiyoda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni aks ettirishini ta’kidladi.

“Gap yangi bloklar yoki rasmiy ittifoqlar tuzish haqida emas, balki amaliy manfaatlarga asoslangan funksional o‘zaro bog‘liqlik – transport, savdo, energetika o‘tish va ta’minot zanjiri barqarorligi haqida ketmoqda”, deb ta’kidladi u.

Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti ushbu yangi strategik o‘lchamni birinchilardan bo‘lib tan olgani va Ozarbayjonni Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi doirasiga kiritishni taklif qilgani ta’kidlandi. Muhokama ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, ushbu tashabbus iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik beqarorlik qiymatini oshiradigan va shu tariqa mojarolarning oldini olishga xizmat qiladigan yangi voqelikni aks ettiradi.

Myunxendagi O‘zbekiston vakillarining nutqlari Markaziy Osiyo tobora ko‘proq muammoning manbai emas, balki yechimning bir qismi sifatida qabul qilinayotganini ko‘rsatdi. Markaziy Osiyodan Janubiy Kavkaz orqali Qora dengizgacha bo‘lgan hamkorlik makonini rivojlantirish butun Yevroosiyoga ta’sir qiluvchi kengaytirilgan barqarorlik zonasini yaratishi mumkin.

O‘zbekiston tomonining takliflari bilan bog‘liq qiziqish va faol muhokamalar Markaziy Osiyo tajribasining tobora ortib borayotgan global noaniqlik sharoitida dolzarbligini tasdiqladi. Eldor Aripov ta’kidlaganidek, xavfsizlik ishonch, iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik va pragmatik siyosiy qarorlar orqali quriladigan mintaqalar global xavfsizlik arxitekturasida barqaror o‘rin topishi kerak.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston tomonidan izchil ilgari surilayotgan va institutlashtirilayotgan tinchlik tashabbuslari strategik ahamiyat kasb etadi: ular iqtisodiy, transport va institusional aloqalarning zich tarmog‘ini shakllantiradi. Natijada, har qanday eskalasiya urinishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni keltirib chiqaradi – tranzitga putur yetkazadi, ta’minot zanjirlarini buzadi, investisiyalarni yo‘qotadi va mintaqaviy bog‘liqlikni pasaytiradi, bu esa ziddiyatli dinamikani ob’ektiv ravishda to‘xtatadi va uzoq muddatli barqarorlik foydasiga ishlaydi.

Konferensiyada ishtirok etish doirasida Yevropaning xavfsizlik va preventiv diplomatiya sohasidagi yetakchi institutlar rahbarlari bilan alohida muzokaralar o‘tkazildi. Ular orasida Yevropa tinchlik instituti prezidenti va Myunxen xavfsizlik konferensiyasi raisining o‘rinbosari X. Shmid, Bergxof fondi ijroiya direktori Kris Kolter, Nizolarning oldini olish markazi direktori va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kotibiyati rahbarining o‘rinbosari Ketrin Firon, Jeneva xavfsizlik siyosati markazi ijroiya direktori Tomas Greminger, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Striprays bor edi.

Muzokaralar chog‘ida ekspertlik va institusional hamkorlikni kengaytirish, jumladan, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, tahliliy materiallar almashish, mintaqaviy barqarorlik va preventiv diplomatiya masalalari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Global munozara maydonlarida Markaziy Osiyoning ishtirokini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shu o‘rinda kelgusi yilda Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi doirasida Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan birgalikda mintaqa ovozi va uning xalqaro taraqqiyot borasidagi nuqtai nazarini to‘liq ifoda etishga qaratilgan alohida keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun:

Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi global xavfsizlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun eng nufuzli xalqaro platformalardan biridir. 2026 yilda uning ishida 115 dan ortiq mamlakatdan mingdan ortiq vakillar, jumladan, 60 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

Nizomiy Ganjaviy nomidagi xalqaro markaz xalqaro munosabatlar, mintaqaviy xavfsizlik va sivilizasiyalaro muloqot masalalariga ixtisoslashgan Ozarbayjonning yetakchi tahliliy markazidir.

Kaspiy siyosati markazi (Caspian Policy Center) – Amerika tahliliy markazi bo‘lib, Kaspiy mintaqasi va Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligi, mintaqaviy integrasiya va geosiyosat masalalariga ixtisoslashgan.

O‘rta koridor (Middle Corridor) – Osiyo va Yevropani Kaspiy dengizi, Janubiy Kavkaz va Turkiya orqali bog‘laydigan transport yo‘li bo‘lib, geosiyosiy turbulentlik sharoitida shimoliy yo‘nalishlarga asosiy muqobil sifatida qaralmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Mersni "Oreshnik"ning yangi zarbalariga javoban Ukrainaga TAURUS raketalarini taqdim etishga undashdi

Агар биз сайловдан олдин Фридрих Мерцни тўғри тушунган бўлсак, унда Украинага TAURUS ракеталарини етказиб бериш вақти келди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.