XOQ rahbari Tomas Bax yangi muddatga saylanmasligini e’lon qildi

XOQ rahbari Tomas Bax yangi muddatga saylanmasligini e’lon qildi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax 2025 yilning mart oyida yangi muddatga saylanmasligini e’lon qildi, deb yozdi TASS.

2024 yil iyul oyida Parijda bo‘lib o‘tgan XOQ 142-sessiyasida Olimpiya Xartiyasiga Baxga o‘z vakolatlarini kengaytirish va yangi muddatga saylanish imkonini beradigan tuzatish rad etildi. XOQ 141-sessiyasida tashkilotning bir qancha a’zolari shunday tashabbus bilan chiqqan edi.

Endi XOQ yangi rahbari uchun saylov 2025 yil mart oyida Gresiyada bo‘lib o‘tadi.

70 yoshli Bax 2013 yilning kuzidan beri XOQ rahbari bo‘lib ishlayapti. Bu lavozimda u Jak Rogge o‘rnini egalladi. 2021 yilda bu lavozimga qayta saylandi.

Bax XOQ rahbarligida ishlagan birinchi nemis va birinchi olimpiya chempioni sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!