Xonanda Lolaning "Sog‘inch" klipi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Xonanda Lolaning "Sog‘inch" klipi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2024 yilning 17 aprel kuni o‘zbek shou-biznesining yorqin yulduzi Lola Yuldasheva o‘zining “Sog‘inch” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan video klipini taqdim etdi.

Ushbu musiqiy asar xonandaning 2024-yil sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yakkaxon konsertida kuylanadigan qo‘shiqlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Betakror Lola “Sog‘inch” nomli ajoyib klipi bilan yana o‘z muxlislari mehrini qozondi. Har bir yangi asarining namoyishi - uning san’atdagi o‘zi uchun belgilab olgan aniq cho‘qqisidir. Ushbu kutilmagan sovg‘a musiqa olamiga nafaqat barcha uchun sevimli qoshiqning yangi ijrosini taqdim etadi, balki bizni yorqin muhabbatning ta’sirli hikoyasi bilan tanishtiradi.

Xonandaning o‘zi yangi klipini taqdim etganidan juda xursand ekanligini ta’kidladi. "Bu qo‘shiq men uchun juda katta ahamiyatga ega, uni barcha muxlislarim yaxshi ko‘rishadi va umid qilamanki, qo‘shiqning yangi talqini muxlislarim yuragiga yetib boradi".
Eslatib o‘tamiz, xonandaning 27, 28, 29-sentyabr kunlari Xalqlar do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tadigan uzoq kutilgan yakkaxon konsert dasturida “Sog‘inch” qo‘shig‘ining yangi talqini ijro etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!