Xomanaiy: "HAMAS tirik, HAMAS yashaydi"
HAMAS harakati o‘z yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘limiga qaramay, o‘z faoliyatini davom ettiradi, deb ishonadi Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy.
«Qarshilik jabhasi o‘zining taniqli shaxslari vafot etganiga qaramay, to‘xtamadi, Sinvar shahid bo‘lishi bilan bir lahza ham to‘xtamaydi. Hamas harakati yashaymoqda va yashaydi», - dedi Xomanaiy.
Eron oliy rahbari, shuningdek, o‘tgan yil 7 oktyabr kuni isroilliklarning qirg‘inini "Isroilga shapaloq" deb atadi: "Bu qarshilik va jihod timsoli edi. U o‘zining mustahkam irodasi bilan dushman va tajovuzkorga qarshi turdi, dono qarori va jasorati bilan unga tarsaki tortib, 7 oktyabrda mintaqamiz tarixida o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan zarbani abadiylashtirdi, keyin esa shahid bo‘lib, shon-sharaf va qadr-qimmat bilan abadiy dunyoga ketdi.
Butun umrini bosqinchi-dushman va zolimga qarshi kurashga bag‘ishlagan Yahyo Sinvarga o‘xshagan inson faqat bir taqdir - shahidlikka loyiqdir. Ammo Shayx Ahmad Yasin, Fathi Shaqoqiy, ar-Rantisiy va Ismoil Haniya kabi buyuk siymolarning shahid bo‘lishi bilan bu front to‘xtamadi, Sinvarning shahidligi bilan ham u bir lahza ham to‘xtab qolmaydi. Alloh taoloning irodasi bilan! Hamas harakati yashamoqda va yashaydi.
Birodarimiz Yahyo Sinvarning shahid bo‘lishi munosabati bilan uning oila a’zolarini, safdoshlarini va Alloh yo‘lida jihodga intilayotgan barchani tabriklayman va halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildiraman”, — dedi Xomanaiy.