Xodimlarning psixologik portreti Rossiya metodi asosida shakllantiriladi

Xodimlarning psixologik portreti Rossiya metodi asosida shakllantiriladi

Endilikda O‘zbekiston davlat xizmatchilarini baholash Rossiya tajribasi asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Agentlik davlat fuqarolik xizmati tizimini to‘laqonli psixologik va ijtimoiy tadqiqot xizmati bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Hozirda xalqaro miqyosida keng foydalanilayotgan davlat xizmatchilarini baholaydigan Assessment markazi tizimi bo‘yicha Rossiya Federasiyasi prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) qoshidagiDavlat boshqaruvi oliy maktabining Rahbar kadrlarni baholash va rivojlantirish fakulteti tajribasi O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilmoqda.

“Davlat fuqarolik xizmatchilarining kompetensiyalarini baholashga oid xorijiy metodikalarni raqamlashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Bunda, 4 ta test (Vanderlikning qisqa saralash, Gilfordning Sosial intellektni tadqiq etish, Yershovning Rahbarning yo‘nalganlik turini aniqlash va Ravenning Progressiv matrisalar testlari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, moslashtirildi”, - deydi agentlik boshqarma boshlig‘i Jasur Mahmudov.

Ushbu testlar agentlikning elektron portaliga integrasiya qilinmoqda.

Davlat xizmatchilari “Davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli” (test.argos.uz) elektron axborot tizimi orqali jami 130 mingdan ziyod psixologik test topshirishgan.

Ular o‘rtasida o‘tkazilgan test natijalari asosida 1 100 ta ko‘nikmalar pasporti va 8 350 ta psixologik portret shakllantirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!