Xodim ishga tiklandi, mas’ullar intizomiy jazolandi

Xodim ishga tiklandi, mas’ullar intizomiy jazolandi

Fotima Boyzakova (ism va familiyasi o‘zgartirilgan) yaxshi niyatlar bilan vatanimiz ravnaqi uchun o‘zining munosib xissasini qo‘shish maqsadida Termiz shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabiga kutubxonachi vazifasida faoliyatini boshlagan edi.

Keyinchalik F.Boyzakova ushbu maktabning zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis vazifaga tavsiya etilib, yangi vazifalar ishonib topshirildi.
Biroq, xodimaning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Termiz shahar ichki ishlar organlari tomonidan F.Boyzakovaning Toshkent avtomobil-yo‘llar institutidan olgan diplomi soxta ekanligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, F.Boyzakova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qiladi. Ushbu nizoli masala fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, adolatli qaror qabul qilindi.

Bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida F.Boyzakova ishga qabul qilingan vaqtda ma’lumoti o‘rta-maxsus toifasiz qilib ko‘rsatilganligi va hozirda qalbaki deb topilgan Oliy ta’lim muassasasining diplomi uni ishga qabul qilish jarayonidagi qoida buzilishiga olib kelmasligi aniqlandi.

Shu sababli ish beruvchining xatti-harakatlari noqonuniy deb topilib, fuqaro avvalgi ishiga tiklanadigan bo‘ldi. Bundan tashqari, ishsiz bekor yurgan vaqtdagi 3 oylik ish haqi undirilishi belgilandi.
Afsuski, darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan sud qarori ish beruvchi tomonidan ihtiyoriy bajarilmadi.

Shundan so‘ng, mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ish beruvchi rahbar bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Xodima ishga tiklanib, ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!