Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fotih Kaji rva Xitoyning BYD kompaniyasi raisi Chuanfu Vang Do‘lmabog‘cha ishchi ofisida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shafeligi ostida investision kelishuv imzolashdi.
Kutilishicha, kelishuv doirasida jahonning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi 1 mlrd dollar evaziga Turkiyada yiliga 150 ming dona elektromobil va hibrid mashinasi ishlab chiqaruvchi zavol quradi.
Ob’ektda 5 minggacha bo‘lgan kshi bevosita ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.
Zavol 2026 yilda mamlakatning g‘arbida joylashgan Manisa viloyatida ishga tushiriladi. Bundan tashqari, barqaror mobillik texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot markazini ham barpo etish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz: Turkiya hukumati iyun oyida Xitoyda ishlab chiqarilgan ichki yonuv dvigatelli va hibrid avtomobillarga 40 foizlik bojxona bojlari joriy etilganini e’lon qilgan edi. Qonunga ko‘ra, bunday bojlar faqat Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillargagina joriy etiladi.
Shu sababli Xitoyning Chery kompaniyasi ham Turkiyada zavod ochishga qaror qilgan. Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari shu yo‘l bilan eksport bojlaridan qochishga urinishmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.
Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.
"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.
1972 йилда учирилган «Космос 482» кемаси Венерага учиши керак эди, аммо носозликлар туфайли у ҳеч қачон Ер ёнидаги орбитадан чиқа олмади ва энди тахминан 10 майда Ерга қулайди.
1 май куни Боливиянинг шимолида жойлашган Буарес шаҳридан Тринидадга йўл олган кичик самолёт Амазонка ботқоқларига мажбурий қўнди. Бу ҳолат двигателдаги носозлик сабаб юз берган.