Xitoylik bir guruh shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun 30 mart kuni O‘zbekistonga kelishi kutilyapti. Keyinroq ularning safiga yana 15 nafar xitoylik tibbiyot xodimi qo‘shilishi mumkin.
Bu haqda Kun.uz`ga O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi ma’lum qildi.
«Elchixonaning murojaatiga javoban, Xitoy Xalq Respublikasi yetakchi shifokorlari guruhi joriy yil 30 mart kuni o‘zbek hamkasblariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun O‘zbekistonga uchib borishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Shu bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati yaqinda 15 kishidan iborat xitoylik shifokorlarning yana bir guruhini O‘zbekistonga yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda», – deyiladi elchixona axborotida.
Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olib bo‘yicha topshiriq bergan.
Eslatib o‘tamiz, shu hafta O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 11 nafari tibbiyot xodimlari ekani ma’lum bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.