Xitoyda yana bir Ginnesning yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Yakshanba kuni Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Tachen shahrida bo‘lib o‘tgan musiqa festivalida bir vaqtning o‘zida akkordeon chalish bo‘yicha Ginnesning yangi rekordi o‘rnatildi, deya xabar beradi Sinxua.
5 282 nafar havaskor akkordeonchi — Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Italiya va boshqa mamlakatlardan kelgan ijrochilar birgalikda “Mening Vatanim” qo‘shig‘i sadosida chiqish qildi.
Tadbir Tachen shahrida o‘tkazilayotgan V xalqaro akkordeon madaniyati festivali doirasida tashkil etildi. Akkordeonga bo‘lgan muhabbat turli yoshdagi odamlarni birlashtirdi: eng kichigi 5 yoshda, eng kattasi esa 86 yoshda edi.
Xalqaro akkordeonchilar konfederasiyasi prezidenti Mirko Patarini ushbu yutuqni jahon akkordeon madaniyati rivojidagi yangi bosqich sifatida baholadi va ishtirokchilarni tabrikladi.
Xitoy bastakorlar va musiqachilar uyushmasiga akkordeon assosiasiyasi rahbari Li Sun dirijyorlik qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, akkordeon – Tachen shahrining madaniyati ramzi bo‘lib, o‘ziga xos sayyohlik timsoliga aylangan.
Bundan tashqari, Tachen noyob muzeyiga ega bo‘lib, unda turli mamlakatlarda (Xitoy, Rossiya, Germaniya, Italiya va boshqalar) ishlab chiqarilgan 1000 dan ortiq akkordeon saqlandi.
