Xitoyda tosh qulashi qurbonlari soni 19 kishiga yetdi

Xitoyda tosh qulashi qurbonlari soni 19 kishiga yetdi

Xitoyning Sichuan provinsiyasi Leshan shahrida tosh qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi.

Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

“19 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi yengil tan jarohati oldi”, — deyiladi xabarda.

Qidiruv-qutqaruv operasiyasi yakunlangani aytilmoqda. Hozirda qulash sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!