Xitoyda suv toshqini tufayli 3 ta shahar va 11 ta tuman suv ostida qoldi

Xitoyda suv toshqini tufayli 3 ta shahar va 11 ta tuman suv ostida qoldi

Xitoy sharqidagi Fuszyan provinsiyasida uzoq davom etgan yog‘ingarchilik oqibatida 9 millionga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Guanchjou shahri va yana ikki yirik shahar hamda 11 ta tumanda suv toshqinlari sodir bo‘ldi.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 11 ta daryo o‘z qirg‘og‘idan chiqib ketgan, suv toshqini zonalarida suv sathi 3,65 metrga yetgan, hududlarda temiryo‘l harakati qisman to‘xtatilgan.

Suv toshqinlari oqibatida 179,8 ming kishi bevosita jabr ko‘rdi, deyarli 36 ming kishi evakuasiya qilindi, deb xabar bermoqda telekanal.

Fuszyan provinsiyasida 9 iyundan beri momaqaldiroq va kuchli shamol bilan birga yomg‘ir yog‘moqda. Rasmiylar tabiiy ofatlar xavfidan ogohlantirmoqda.

Hududlardagi qutqaruv ishlariga harbiylar jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!