Xitoyda qum bo‘roni kuzatildi
Xitoyda qum bo‘ronlari kuzatildi, noqulay ob-havo haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Xitoy Markaziy meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 11-12 aprel kunlari qum va chang bo‘ronlari Shinjon, Ichki Mo‘g‘uliston, Xebey, Shansi, Shensi, Xenan, Lyaonin, Szilin, Xeylunszyan, Anxoy, Szyansu, Xubey, shuningdek, Pekin, Tyanszin va Shanxay kabi megapolislarga ham ta’sir qiladi.
Ichki Mo‘g‘ulistonning markaziy qismida kuchli qum bo‘ronlari kutilmoqda.
Xitoy poytaxtining bir qancha hududlarida havoning ifloslanishi salomatlik uchun «xavfli» deb baholangan. RM10 zarrachalarining konsentrasiyasi 1000 mkg/kub dan oshadi.
Meteorologlar chorshanba kuni ertalabgacha vaziyat yaxshilanadi, havo ifloslanishi darajasi asta-sekin pasayishda davom etadi, deb xabar qilmoqda.
