Xitoyda Microsoft xodimlariga Android smartfonlardan foydalanish taqiqlanadi

Xitoyda Microsoft xodimlariga Android smartfonlardan foydalanish taqiqlanadi

Joriy yilning sentyabr oyidan Xitoydagi “Microsoft” xodimlari ish akkauntlariga kirish uchun faqat “iPhone” qurilmalaridan foydalanishlari mumkin, deb yozadi “Bloomberg”.

Agar xodimda “Apple” smartfoni bo‘lmasa, kompaniya unga ish maqsadida bepul “iPhone 15” taqdim etadi.

Qayd etilishicha, qaror kompaniyaning xavfsizlik protokollarini kuchaytirish va potensial kibertahdidlarga qarshi turish maqsadida qabul qilindi.

Ushbu yangilik Microsoft kompaniyasining “Xavfsiz kelajak tashabbusi” (Secure Future Initiative) deb nomlangan global tashabbusining bir qismidir.

Tashabbus “Microsoft Authenticator” parol menejeri va “Identity Pass” ilovasidan foydalanishni o‘z ichiga oladi.

Bu yangilik “Google Play"ning Xitoyda mavjud emasligi bilan ham bog‘liq. Smartfon ishlab chiqaruvchilari “Huawei” va “Xiaomi” o‘zlarining amaliy platformalariga ega.

Ammo “Microsoft” xavfsizlik nuqtai nazaridan bunday qurilmalarning o‘z korporativ resurslariga kirishini cheklashga qaror qildi.

“Secure Future” tashabbusi doirasida kompaniya bulutli xizmatlardagi zaifliklarni tezda bartaraf etish va xodimlar uchun ko‘p faktorli autentifikasiyani avtomatik tarzda joriy etish uchun sun’iy intellekt va boshqa usullardan foydalanishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!