Xitoyning bir qator mintaqalarida havo harorati haddan tashqari yuqori bo‘lgan g‘ayrioddiy issiq ob-havo mamlakatda 1961 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan muntazam meteorologik kuzatuvlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Xitoy markaziy meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi.
“Kompleks tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda yuqori harorat vaanomal jazirama bilan kechadigan ushbu mintaqaviy hodisaning davomiyligi oshib, intensivligi ortadi”, deyiladi boshqarma xabarida.
Qayd etilishicha, 15 avgust holatiga ko‘ra g‘ayritabiiy issiqlik ketma-ket 64 kundan beri davom etmoqda, avvalgi rekord 2013 yilda 62 kun bo‘lgan edi.
Meteorologlarning ma’lumotlari 35 darajadan yuqori haroratni qayd etgan 1680 ta meteorologik stansiya va 37 darajadan yuqori haroratni qayd etgan 1426 ta stansiya ma’lumotlariga asoslanadi. Shu bilan birga, 262 ta stansiyada 40 darajadan yuqori harorat qayd etilgan, bu ham rekorddir, chunki 2013 yilda 187 ta, 2017 yilda esa 133 ta shunday stansiya mavjud edi.
1 iyundan 15 avgustgacha bo‘lgan davrda respublika bo‘yicha yuqori haroratli kunlarning o‘rtacha soni 12 kunni tashkil etdi. Mamlakatning ayrim hududlarida jazirama yana kamida 7-10 kun davom etadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Bloomberg манбаларга кўра, АҚШ президенти Доналд Трампнинг иттифоқчилари АҚШ–Эрон урушидан шахсий ғазабда ва Яқин Шарқдаги можароннинг кучайишидан тобора кўпроқ хавотирда.
Дональд Трамп Reuters агентлигига кўра, Украина Эроннинг ракеталар ва дрон ҳужумларини қайтаришда АҚШга ҳеч қандай ёрдам кўрсатмаяпти, деб маълум қилди.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.