Xitoyda 900 yillik tarixga ega ko‘prikda yong‘in chiqdi va qulab tushdi

Xitoyda 900 yillik tarixga ega ko‘prikda yong‘in chiqdi va qulab tushdi

Xitoyning Fuszyan profinsiyasida joylashgan 900 yillik tarixga ega bo‘lgan yog‘och ko‘prik yonib ketdi, deb xabar bermoqda aif.ru

Xabarlarga ko‘ra, yong‘in 6 avgust kuni boshlangan. "Olov allaqachon o‘chirilgan, biroq "Pinnan Vanan" ko‘prigini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi, u yong‘in natijasida qulab tushdi", — deyiladi OAVning xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda kelib chiqqan yong‘inning asl sabablari o‘rganilmoqda. Shuningdek, voqea natijasida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q ekani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!