Xitoyda 2 yashar bola 13-qavatdan tushib ketdi

Xitoyda 2 yashar bola 13-qavatdan tushib ketdi

Xitoyning Anxuy provinsiyasi Xefey shahridagi ko‘p qavatli uyning 13-qavatidan ikki yashar bola tushib ketib, omon qoldi. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 noyabr kuni kechqurun ota uxlab yotgan ikki yashar bolasini kvartirada yolg‘iz qoldirib, ishi bilan shug‘ullangan. Bola uyg‘onib, yotoqxonadan sudralib chiqqan.

U 13-qavat derazasidan yiqilib tushib, bir qavat pastda joylashgan derazaga tushgan. Qo‘shnisi o‘z balkonining tashqarisida osilgan bolani payqab, bolaga yordam berishga shoshilgan.

Xotini qutqaruvchilarni chaqirayotgan paytda erkak chaqaloqning qo‘llarini deraza panjarasidan turib ushlab olgan. Keyinroq qutqaruvchilar qo‘shnining uyiga chiqishdi va panjarani kesib. go‘dakni qutqarib olishdi.

Bola jarohat olganmi yoki yo‘qmi, noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!