Xitoy ofislarida sog‘liqni saqlashning yangi tendensiyasi boshlandi

Xitoy ofislarida sog‘liqni saqlashning yangi tendensiyasi boshlandi

Xitoyda qattiq bosim ostida ishlaydigan ofis ishchilari noutbuklar bilan yugurish, obed solingan paketlarni ko‘tarish, ibodat paytida va ofis kursisida yoga qilish kabi mashg‘ulotlarni bajaradi.

“5 daqiqalik tez zaryadlovchi mashg‘ulot” deb nomlangan ushbu amaliyot butun o‘lka bo‘ylab tarqalgan.

Iyul oyi boshida bir internet foydalanuvchisi o‘zini sahifasiga liftni kutayotganda tez zaryadlovchi mashg‘ulot bilan shug‘ullanayotgan hamkasbining suratini joylashtirdi va unga “Ofis xodimlarining o‘z sport zali bor” deb yozib qo‘ydi. Shuningdek, u beliga ovqat solingan bir nechta sumka bog‘lab, mashg‘ulotlariga yanayam og‘irlik qo‘shgan.

“U ko‘ngilli sifatida har doim pastdan hammaga tushlik olib keladi. U kun bo‘yi ofisda o‘tirar ekan, sport zaliga borishga vaqti yo‘q, nimadir ko‘tarib ketayotganda yoki lift kutayotganda tez mashq qivoladi va shu bilan sport zalidagi to‘lovlarni tejaydi",
— deydi hamkasbi uni daho deb ta’riflab.

Internetda yana ofis stulida o‘tirib Pilates, badminton raketkasini silkitish va suv bochkalarini ko‘tarish kabi qisqa mashg‘ulotlar suratlariyam ulashilgan ekan.

Kopirayter Chang ham mashg‘ulotlarga yondashuvi bilan o‘rtoqlashgan. U noutbukini ko‘tarib metro bekatiga yugurarkan.

“Mening kompyuterim biroz og‘ir, shuning uchun bu jarayon og‘ir gantel bilan mashq qilishga o‘xshaydi”,
— deydi u.

5 daqiqalik tez zaryadlovchi mashg‘ulot ko‘pincha ortiqcha ishlayotgan va bo‘sh vaqti bo‘lmaydigan ofis xodimlari uchun juda qulay ekan.

“Bundan tashqari, bu mashg‘ulotlar ish paytida charchaganimda menga kuch beradi”,
— deya qo‘shimcha qildi Chang.

Shuningdek, u jismoniy mashqlar psixologik farovonlik uchun foydali ekanligini aytdi, ular kun davomida ba’zi salbiy his-tuyg‘ulardan xalos bo‘lishga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!