Xitoy NATOni yangi sovuq urush boshlashga urinishni bas qilishga chaqirmoqda

Xitoy NATOni yangi sovuq urush boshlashga urinishni bas qilishga chaqirmoqda

Xitoy NATOni XXR haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish, shuningdek, “sovuq urush”ning yangi bosqichini boshlashga urinishni to‘xtatishga chaqirdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lumot berdi.

- Biz NATOni mafkuradan xoli bo‘lishga, qarama-qarshilik qo‘zg‘atish, Xitoy haqida ig‘vo tarqatish va sovuq urushning yangi bosqichini boshlashga urinishni bas qilishga chaqiramiz, - dedi Van. - NATO sovuq urush mahsuli va AQSh boshchiligidagi dunyoning eng yirik harbiy ittifoqi.

Dastlab NATO Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti edi, biroq so‘nggi yillarda a’zo davlatlar o‘z kuchini ko‘rsatish uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasigacha yetib borgan. “Bu harakatlar juda xatarli va albatta, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari va xalqaro hamjamiyat qarshiligiga uchraydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (3 )

    Х
    Якин йилларда ядро уруши булишига хатто шу урушни бошламокчи булганларни узи хам ишонмайди.Чунки ядро уруши дегани бу ер юзида 99% ахоли ва табиатнинг йук булиши дегани.Ядро урушида голиблар булмайди ва бу урушнинг бошланишига ута жиддий сабаблар булиши керак,яъни бутун инсоният таназзулига сабаб буладиган нимадир булгандагинв томонлардан бири ушбу урушни бошлаши мумкин.Бошка холатда эса бу шунчаки пуписа ва куркитиш.
    Bobir Salomov
    Rossiya yutqazmasa nato emiriladi aqsh parchalanib boshladi
    Shohrux
    ЕИ ham uje urushdan foyda yoʻqligini biladi, urishni toʻxtatgisi kelyapdi keyin uje foydasi yoʻq. Rossaiga bergan sanksiyalari battar Rossiyani kuchaytiryapti. Xali ham qish kelgani yoʻq Yevropa davlatlari qish kelgunicha Rossiya bn yarashib olishi kerak bomasa sovuqda Rossiya battar oʻynatadi Yevropani