Xitoy hozircha koronavirus ustidan g‘alaba qozonmaganini ma’lum qildi

Xitoy hozircha koronavirus ustidan g‘alaba qozonmaganini ma’lum qildi

Xitoy Bosh vaziri Li Kesyan mamlakatda koronavirus infeksiyasi epidemiyasi hali tugamaganini, g‘alaba qozondik deb aytishga erta ekanligini aytdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Vazirning ta’kidlashicha, davlat COVID-19 ga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishdi, ammo hali hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar yetarlicha. Koronavirus mamlakatda saqlanib turibdi.

Shu bilan birga, Kesyan koronavirusga qarshi yuqori natijalarga Xitoy xalqining tinimsiz mehnati va fidoyiligi tufayli erishilganini ta’kidladi.

"Hozirda epidemiya hali tugamagan. Muammolarimiz juda katta", dedi Bosh vazir.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!