Xitoy Gaaga sudining qaroriga munosabat bildirdi

Xitoy Gaaga sudining qaroriga munosabat bildirdi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin davlat rahbarlarining daxlsizligiga ishora qilib, Ukrainadagi harbiy mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy sud bu masalada ob’ektiv va xolis pozisiya tutishi va ikki tomonlama standartlardan qochishi kerakligini aytdi.

“Pekin Ukraina inqirozida xolis va adolatli rol o‘ynashda davom etadi”, — dedi Van Venbin.

Qayd etilishicha, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili 20 mart kuni, Si Szinpinning Moskvaga tashrifi boshlanishidan oldin shunday bayonot bergan. U xalqaro huquqqa muvofiq davlat rahbarlarining daxlsizligiga ishora qilib, harbiy mojaroni muloqot va muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi.

Van Venbin, shuningdek, Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy tinchlik muzokaralarida konstruktiv pozisiyani egallashini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergandi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportasiya qilishda gumon qilinmoqda. Xuddi shunday order Rossiya bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!