Xitoy yetakchisi Baydenni "olov bilan o‘ynashmaslik”ka chaqirdi

Xitoy yetakchisi Baydenni "olov bilan o‘ynashmaslik”ka chaqirdi

Bayden yil boshidan beri beshinchi marta Szinpin bilan qo‘ng‘iroqlashdi

28 iyul kuni AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida telefon suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat 2 soat 17 daqiqa davom etdi. Ikki davlat yetakchilari muloqot chog‘ida Ukraina inqirozi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Ikki davlat rahbarlari Ukraina inqirozi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi. Si Szinpin bu masalalarda Pekinning prinsipal pozisiyasini yana bir bor ta’kidladi”, deyiladi Xitoy markaziy televideniyasi xabarida.

Xitoy Tayvandagi vaziyatga tashqi kuchlarning aralashuvini keskin qoralagan va Baydenga “olov bilan o‘ynashish yaxshimas”ligini aytgan Uning ta’kidlashicha, aholisi 1,4 milliard kishidan oshgan Xitoy xalqining irodasi mamlakatning davlat suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini himoya qilishda “mustahkamdir”.

“Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qat’iy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan o‘ynashgan odam o‘zini yoqib yuboradi”, degan Si Szinpin Baydenga.

Ikki davlat rahbarlarining suhbati samimiy va puxta o‘tgan, tomonlar aloqalarni davom ettirishga kelishib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!