AQShdagi 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning qariyb 42 %i TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanadi. Bu ko‘rsatkich esa Facebook‘dan (41 %) yuqoriroq. Bu yoshdagilar uchun eng mashhur ilovalar – Snapchat (68 %) hamda Instagram (79 %). Bu haqda Axios nashri xabar bermoqda.
Xitoyning ByteDance shirkatiga qarashli bo‘lgan TikTok tarmog‘i amerikalik kompaniyalar orasidagi yagona “xitoylik” sanaladi. Shirkat 2017 yilning 9 noyabrida Amerikaning Musiqal.ly ijtimoiy media xizmatini sotib olgan va u asosida TikTokni yaratgan edi.
CNBC xabariga ko‘ra, AQShning chet el investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi ushbu xarid yuzasidan tekshiruv o‘tkaza boshlagan. ByteDance xususiy shirkat bo‘lishiga qaramay, Xitoy kompaniyasi bo‘lgani sababli foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi vajidan ushbu tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Spot.uz nashri ma’lumotlariga ko‘ra, TikTok O‘zbekistondagi eng ko‘p yuklab olinayotgan beshta ilovadan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Z avlod” (Generation Z) deganda 1995 yildan keyin tug‘ilganlar nazarda tutiladi hamda ularga nisbatan “raqamli odamlar” degan atama ham ishlatiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Bloomberg манбаларга кўра, АҚШ президенти Доналд Трампнинг иттифоқчилари АҚШ–Эрон урушидан шахсий ғазабда ва Яқин Шарқдаги можароннинг кучайишидан тобора кўпроқ хавотирда.
Дональд Трамп Reuters агентлигига кўра, Украина Эроннинг ракеталар ва дрон ҳужумларини қайтаришда АҚШга ҳеч қандай ёрдам кўрсатмаяпти, деб маълум қилди.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.