Xitoy AQShga tahdid qilmoqda

Xitoy AQShga tahdid qilmoqda

Xitoy harbiylari Pentagonni AQSh harbiy samolyotlarining Janubiy Xitoy dengizi uzra noqonuniy ko‘rinishi tufayli AQSh uchun mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar haqida ogohlantirmoqda . Bu haqda Xitoy Xalq ozodlik armiyasi jangovar qo‘mondonligining janubiy hududi rasmiy vakili Chjan Nandun ma’lum qildi.

Chjan Nandun fikricha, Vashington mintaqada “favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olishi” kerak.

"Biz Amerika tomonini dengiz va havo hududida qurolli kuchlarning har qanday harakatlaridan tiyilishga qat’iy chaqiramiz", - deya ta’kidladi u AQShning RC-135 razvedka samolyotining Janubiy Xitoy dengizi ustida paydo bo‘lishini izohlar ekan. "Aks holda, AQSh oqibatlari uchun javobgar bo‘ladi ".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!