Xersonda «tez yordam» mashinalari o‘g‘irlab ketildi

Xersonda «tez yordam» mashinalari o‘g‘irlab ketildi

Bu haqda Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Aleksey Yaremenkoning milliy telemarafondagi nutqiga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar bermoqda.

Uning qayd etishicha, Xerson viloyatida jami 23 ta tibbiyot muassasasi, jumladan, 15 ta ambulatoriya vayron qilingan. Bundan tashqari, mashinalar ham o‘g‘irlangan.

Yaremenkoning ta’kidlashicha, hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sotib olingan 8 ta yangi tez tibbiy yordam mashinasi Xerson viloyatiga yetkazilgan va yaqin kunlarda u yerga yana bir mashina yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Xerson va mintaqadagi og‘ir xavfsizlik vaziyati hamda infratuzilma bilan bog‘liq muammolar tufayli aholiga qishda mamlakatning xavfsiz hududlariga ketish tavsiya etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!