Xavfli residivistning Transport prokuraturasi va ichki ishlar organidagi “faoliyati”

A A A
Xavfli residivistning Transport prokuraturasi va ichki ishlar organidagi “faoliyati”

Muqaddam ikki marotaba firibgarlik va pora berishga dalolat qilish jinoyatlarini sodir etgani uchun sudlangan, xavfli residivist degan nomni ham olishga ulgurgan 35 yoshli erkak yana ayni shu jinoyatni sodir qilib, takroran boshi berk ko‘chadan yurishni lozim topdi...

“O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas” deganlaridek, sudlanuvchi aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishni maqsad qiladi. Bir fuqaroga go‘yoki Sirg‘ali tuman hokimiyatida ishlovchi tanishi orqali mazkur tumanda joylashgan ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan uch xonali, keyinchalik 1-qavatidan ikki xonali uy olib berishni va’da qiladi. Yolg‘on va’dalariga ishontirish uchun o‘zini Transport prokuraturasi xodimi deb tanishtiradi. Ishonchga kirgan ustamon ushbu uylarning boshlang‘ich to‘lovi sifatida 6300 AQSh dollarini qo‘lga kiritadi. Shundan 6000 AQSh dollarini uyning boshlang‘ich to‘lovi uchun, qolgan 300 AQSh dollarini esa mansabdor shaxsga pora berishiga dalolat qilgan. Tabiiyki va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflagan.

Sudlanuvchi tuzog‘iga tushgan bu fuqaroni aldashda davom etadi. Go‘yoki, Transport prokuraturasida ishlovchi tanishlari orqali musodara qilingan avtomashinalarni auksion orqali yutib berishini va’da qiladi. “Transport prokuraturasi xodimiman”, deb turgani bois fuqaro dastlab “Isuzu”, so‘ngra “Lasetti” rusumli avtomashinalari uchun jami 3200 AQSh dollari bergan. Shundan 3000 AQSh dollarini auksion to‘lovi, qolgan 200 AQSh dollarini mansabdor shaxsga pora berishga dalolat qilgan.

Nafsi tinch qo‘ymagan sudlanuvchi jinoiy harakatlarini davom ettiradi. Sudlanuvchi bu gal “ish joyini o‘zgartirib”, ikkinchi jabrlanuvchiga o‘zini Ichki ishlar organlari xodimi deb tanishtiradi. “Tanishlarim orqali Patrul-post xizmatiga ishga kiritib qo‘yaman, evaziga 1500 AQSh dollar berishingiz kerak”, deya yolg‘on va’dalarga “ko‘madi”. Ishonchga kirgach, fuqarodan 3 500 000 so‘mni olib, “qolgan pullarni ishlash uchun buyruq chiqqandan so‘ng berasiz”, deya pora berishga dalolat qilgan holda aldab ketadi.

— Jabrlanuvchi o‘g‘lim, o‘qishga kirish maqsadida Rossiyaga ketgan. O‘g‘lim oshxonada ishlab kelgan vaqtida sudlanuvchi bilan tanishib qolgan va ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Bu orada o‘g‘lim muddatli harbiy xizmatni o‘tab keldi. Uyimizga kelgan sudlanuvchi o‘zini Ichki ishlar xodimi deb tanishtirdi va o‘g‘limni o‘zining tanishlari orqali Patrul-post xizmatiga ishga kiritib qo‘yishini aytdi. Evaziga 1500 AQSh dollar berishimiz kerakligini bildirgach, “avval ishga kirsin, keyin pul beraman”, dedim. Sudlanuvchi o‘g‘limga “fuqarolik pasporti va harbiy guvohnomangni olib kel”, degani uchun kelishilgan manzilda uchrashgan. O‘g‘lim unga oldindan 3 500 000 so‘m berishi, qolganini ishga kirganidan so‘ng berishini aytdi, taklifiga rozi bo‘ldim. Pulni sudlanuvchiga berganida “bu pullarga tibbiy ko‘riklar va jismoniy imtihonni hal qilib beraman”, degan. Keyin qo‘ng‘iroq qilsak, turli xil bahonalar qilib, aldab keldi, - deydi suddan pullarini undirib berishni so‘ragan guvoh.

Galdagi o‘lja esa ayol kishi bo‘ladi. Unga ham xuddi yuqoridagi holat kabi Sirg‘ali tuman hokimiyatida ishlovchi tanishi orqali qurilayotgan yangi uylardan ikki xonali uy olib berishni va’da qiladi. Sudlanuvchi o‘zini Ichki ishlar organlari xodimi deb tanishtiradi. Uyning boshlang‘ich to‘lovi uchun esa 2700 AQSh dollar berishi kerakligini aytib, jami 2900 AQSh dollarini qurtdek sanab oladi. “2000 AQSh dollari uyning boshlang‘ich to‘lovi uchun, qolgan 200 AQSh dollari mansabdor shaxsga beriladigan “pora”, deya aldaydi.

Uy “olib berish”ga ustasi farang bo‘lgan sudlanuvchi go‘yoki yana o‘sha tuman hokimiyatida ishlovchi tanishi orqali subsidiya asosida yangi qurilayotgan uylardan dastlab uch xonali, so‘ng to‘rt xonali uy olib berish bilan to‘rtinchi “o‘ljasi”ni ham yolg‘onlariga ishontirib, 8500 AQSh dollarini olgan. “8300 AQSh dollari uyni boshlang‘ich to‘lovi uchun, qolgan 200 AQSh dollari esa mansabdor shaxsga pora”, deya cho‘ntagini qappaytirgan.

Sudlanuvchining qolgan uch nafar “o‘ljasi” ayollar bo‘lgan. Ulardan biriga ham yangi qurilayotgan uylardan uch xonali uy olib berishni va’da qilgan va jami 2500 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan. Ikkinchisiga esa to‘rt xonali uy olib berish bilan ishonchiga kirib, 4900 AQSh dollarini “uxlatgan”. So‘nggi xaridori bo‘lgan ayolga ham “uch xonali uy olib beraman”, deya aldab 700 AQSh dollarini cho‘ntakka “urgan”.

Biroq sudlanuvchi sudda ayblovlarga qisman iqrorlik bildirdi. Sirg‘ali tumanida yashaganim bois tuman hokimiyatida uy-joy masalasi bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari kimligidan xabarim bor edi. Shu sababli “uy olib beraman”, deb aldaganimda barcha fuqarolarga o‘sha mas’ulning ismini tilga olganman. Maqsadim uy olib berish emas, balki fuqarolardan aldab pullarini qo‘lga kiritish bo‘lgan. Pullarni ehtiyojlarimga ishlatganman. Biror bir fuqaroni pora berishga dalolat qilmaganim uchun ayblovlarga iqror emasman, firibgarlik aybloviga esa to‘liq iqrorman, - dedi yengillik so‘ragan sudlanuvchi.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “a, b” bandlari va 28,211-moddasi (pora berishga dalolat qilish) 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan qat’iy o‘tash uchun 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchidan davlat foydasiga 19 680 545 so‘m va olti nafar jabrlanuvchi foydasiga keltirilgan moddiy zarar summalari undirilishi belgilandi.

Akmal Mirzaxanov,

jinoyat ishlari bo‘yicha

Chilonzor tuman sudi raisi o‘rinbosari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Xabi Alonsoga "Real"ning yulduz vingeri kerak emas

Хаби Алонсо Родригога "Реал"нинг асосий таркибидан жой тополмаяпти.

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ikkita shartni ilgari surmoqda — Bild

Айни дамда Оқ уй Трампнинг Путин билан суҳбати натижа бериб, рус етакчиси ўз шартларини юмшатишига умид билдирмоқда.

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.

"Rossiyadan qo‘rqganimda, mudofaa vaziri bo‘lmasdim"

Россиядан қўрқганимда, мудофаа вазири бўлмасдим — Эстония мудофаа вазири Ханно Певкур лавозимни қандай эгаллаганини айтиб берди.

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Дастлабки маълумотларга кўра 7 нафар фуқаро шифохонага мурожаат қилган. Тиббий кўрикдан ўтказилиб, аҳволлари яхши бўлганлиги боис уйига рухсат берилган.

Rossiya Qrimdan harbiy texnikani olib chiqib ketmoqda

Россия Севастополдаги ҳарбий базадан ҳарбий техникани оммавий равишда олиб чиқиб кетмоқда, чунки у фронтда тақчил, деб хабар берди "АТЕШ".

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Rossiyada o‘zbeklar va shimoliy koreyaliklar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Россиянинг Приморск ўлкаси, Арсенев шаҳридаги қурилиш майдонида ўзбекистонлик ва шимолий кореялик ишчилар ўртасида можаро келиб чиқди.

Shimoliy Koreyada harbiy kemani ishga tushirish vaqtida baxtsiz hodisa yuz berdi, bu mamlakat prezidentiga yoqmadi

Бу ҳақда Корея марказий ахборот агентлиги (KCNA) хабар бермоқда.

40 yil Afg‘onistonda yashagan sobiq sovet harbiysi Rossiyaga qaytdi

60 ёшга кирган Нурмомад ҳозирда маҳаллий электр станциясида ишлайди ва йўл қурилиши билан шуғулланади.

​​​​​​​AQShda Isroil elchixonasining ikki xodimi o‘ldirildi

Гумонланувчи қўлга олинган.

AQSHDA har beshinchi bola semirib ketgan

Бу ҳақда Америка президенти Доналд Трамп Оқ уйда сўзлаган нутқида айтиб ўтди.

Yaponiyada inson tushlarini yozib olish texnologiyasi yaratildi

Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.

Taktik yadro quroli: Rossiya MiG va Su samolyotlariga yangi raketa o‘rnatmoqda

Россия тактик ядро зарядли янги бошқариладиган авиация ракетасини жорий этмоқда

Bosib olingan G‘arbiy Sohilda bir nechta ko‘chmanchilar hujumlari haqida xabar berildi

Босиб олинган Ғарбий Соҳил ва босиб олинган Шарқий Қуддусда кеча ва бугун кўчманчилар ҳужумлари авж олди:

Dunyo bo‘ylab o‘g‘irlangan iPhone'lar aynan bir joyda to‘planadi

Financial Times таҳририяти дунё бўйлаб iPhone'лар ўғирланишига оид йирик журналистик суриштирувни эълон қилди.

Firibgar kelinning siri fosh bo‘ldi

Фирибгар келиннинг сири фош бўлди

Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon qanotli raketalarini uchirdi

Ҳозирда снарядлар денгизга тушгани тахмин қилинмоқда.

O‘zbekistonda ekologik va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.

Qamchiqda Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Автомобилда ҳайдовчи ва 3 нафар йўловчи бўлган.

Tojikistonda 2 yoshli bola bog‘chada karavotga osilib qolib, vafot etdi

Маълумотларга кўра, лоқайдликка йўл қўйган 29 ёшли ходимга нисбатан жиноят иши қўзғатилган

Yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etgan shaxsning qarindoshiga 100 mln. so‘m zarar undirildi

Жумладан, қарздорга ижро ҳужжати мазмуни тушунтирилиб, унинг талабини бажармаслик оқибатлари ҳақида огоҳлантириш берилган.

Marko Rubio: "Biz G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berish hajmi oshishini kutyapmiz"

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Исроил томони билан Ғазога озиқ-овқат етказиб бериш ҳажмини ошириш бўйича музокаралар олиб бораётганини таъкидлади.

Pokistonda terrorchi maktab avtobusini portlatib yubordi

Ҳозирча ҳеч бир террорчи гуруҳ ҳужум учун жавобгарликни ўз зиммасига олмаган.

Bayden haqida dahshatli da’vo: “Umri 1,5 yildan ko‘p qolmagan”

Саратоннинг тезкор шакли ташхиси қўйилган Байденнинг умри 12 ойдан 18 ойгача қолган бўлиши мумкин.

Qizlar armiyada xizmat qilmagan yigitlarga turmushga chiqmasligi kerak

Қирғизистонлик депутат Надира Нарматова парламент йиғилишида шундай фикр билдирди.

Surxondaryoda fuqarolar qovundan zaharlanayotgani rostmi?

Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.

Toshkentda fastfud sabab 10 oylik chaqaloqning chirigan ichagi kesib tashlandi

Бу ҳақда “Миллар” дастурида маълум қилинди.

AQSh Eron yadroviy inshootlariga yaqin orada zarba berishini e’lon qildi

Бу ҳақда вазиятдан хабардор америкалик расмийларга таяниб CНН хабар бермоқда .

Isroil G‘azoda o‘zini-o‘zi mudofaa amaliyotini kengaytirdi

Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.

AQSh bir qancha davlatlar bilan falastinliklarni G‘azodan ko‘chirish imkoniyatini muhokama qilmoqda

Қўшма Штатлар Ғазо секторидаги фаластинликларни у ерга вақтинча жойлаштириш имкониятини сўраб бир қатор давлатларга мурожаат қилди.