Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Polisia.kz xabar bermoqda.

Bungacha Toshkent viloyatidagi korxona rahbari lavozimida ishlab kelgan shaxs 2023 yil noyabr oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan.

U 2021-2023 yillarda ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun soxta hujjatlarni soxtalashtirib, 180,5 million so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlagan”, — deyiladi xabarda.

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari xodimlari Kaskelen shahrida qidiruvdagi shaxsni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozircha hibsga olingan shaxsni O‘zbekistonga ekstradisiya qilish muddati aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!