Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida joriy yilning 22-25 iyun kunlari Milliy gvardiya delegasiyasining Turkiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.

Delegasiyani Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni armiya-generali Arif Chetin kutib oldi.

Do‘stona va samimiy ruhda o‘tkazilgan muzokaralar davomida, tomonlar xavfsizlikni ta’minlash, kadrlarni tayyorlash va terrorizmga qarshi kurashish sohalarida o‘zaro tajriba almashish va amaliy hamkorlikni davom ettirish borasida qator ijobiy kelishuvlarga erishildi. Turkiya generali Arif Chetin O‘zbekiston Milliy gvardiyasi bilan samarali hamkorlik aloqalarni barcha yo‘nalishlarda kengaytirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga tashrif davomida, delegasiya a’zolari Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondonligi, Jandarmeriya va sohil xavfsizligi Akademiyasi, Nevshexir va Istanbul shaharlari Jandarmeriyasi boshqarmalari hamda Sohil xavfsizligi va Marmara bo‘g‘ozi bo‘linmalari qo‘mondonligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif o‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!