Xalqaro hamjamiyatning ishonchi, rag‘bati va e’tirofi O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylangani timsolida yana bir bor namoyon bo‘ldi

A A A
Xalqaro hamjamiyatning ishonchi, rag‘bati va e’tirofi O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylangani timsolida yana bir bor namoyon bo‘ldi

2020 yil 13 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida bo‘lib o‘tgan saylovlarda O‘zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga uch yil muddatga – 2021-2023 yillarga saylandi. Mamlakatimiz uchun BMTga a’zo 191 davlatdan 169 tasi ovoz berdi.

 Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal SAIDOV bilan ushbu ulkan yutuqning mazmun-mohiyati, ahamiyati va mas’uliyati haqida suhbatlashdik.

 – O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylangani, avvalambor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy maqsad etib belgilagandek va o‘zi orzu qilgandek yashashga intilayotgan, Harakatlar strategiyasida ko‘rsatib berilgan yorug‘ istaklariga yarasha yangidan-yangi samaralarga erishayotgan yangi O‘zbekiston xalqi qo‘lga kiritgan yana bir olamshumul yutuqdir, – dedi A.Saidov.

Bu – davlat rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi ushbu sohada davlat siyosatini samarali amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganining yorqin dalolatidir.

Bu – Millat Sardori rahbarligida O‘zbekistonning mutlaqo yangilangan tashqi siyosatini amalga oshirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan munosabatlarni o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhida sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga alohida urg‘u berilayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etilgani hamda qo‘llab-quvvatlanayotganining o‘ziga xos ifodasi hamdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, "Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizasiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O‘zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi".

Keyingi yillarda aholi va partiyalarning siyosiy faolligi, fuqarolik jamiyati institutlarining roli, ommaviy axborot vositalarining ta’siri tobora oshib bormoqda. Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi.

Inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay o‘zgardi. Majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatildi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilindi.

BMTning fuqaroligi bo‘lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig‘iga javoban joriy yilning o‘zida 50 ming yurtdoshimizga O‘zbekiston fuqaroligi berildi. Mamlakatimizda diniy erkinlik borasida ham vaziyat keskin yaxshilandi. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik yanada mustahkamlanmoqda.

Sudlarning chinakam mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan keng qamrovli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbekiston so‘nggi yillarda erishgan bu kabi muhim natijalarning barchasi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi asosiy vazifalari bilan uyg‘un va hamohang. Binobarin, mazkur Kengashning bosh vazifasi – erkinlik, qonun ustuvorligi va adolatni targ‘ib qilishdir.

Shuningdek, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi jahon bo‘ylab bu boradagi vaziyatni nazorat qilib, hukumatlarga ko‘rsatma va tavsiyalar berib boradi. Eng muhimi, mazkur Kengashga a’zo har bir davlat o‘z majburiyatlarini yodda tutishi, inson huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq mezonlarga amal qilishda namuna bo‘lishi lozim.

Shu ma’noda, O‘zbekistonning ana shu yuqori xalqaro organga a’zolik uchun intilgani bejiz emas. Bu samarador sa’y-harakat davlatimiz BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosiga yuklatiladigan majburiyatlarni astoydil bajarish va inson huquqlarini global miqyosda himoya qilishga qat’iy bel bog‘laganidan dalolatdir.

– Bu borada qanday tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi?

– BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021-2023 yillarga saylanishi uchun O‘zbekiston nomzodini ilgari surish vazifasi davlatimiz rahbari tomonidan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab berilgandi. Shu asosda o‘tgan davrda  kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirildi.

Xususan, avvalo, mavjud tartib-qoidalarga asosan nomzodlik BMT Bosh Assambleyasi ro‘yxatidan o‘tkazildi va diplomatik sa’y-harakatlar boshlab yuborildi.

2019 yil oktyabr oyida esa BMT Bosh Assambleyasining 60/251-sonli rezolyusiyasiga muvofiq, BMTning “Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021-2023 yillarda taqdim etiladigan Ixtiyoriy majburiyatlar va va’dalar"  hujjati tadqim etildi. Shuningdek, ushbu va’dalarni qisqa tahlil qiluvchi yana 2 ta hujjat tayyorlandi.

Mazkur hujjatlar BMT Bosh Assambleyasi va Inson huquqlari kengashida hamda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari orqali a’zo-davlatlar o‘rtasida keng tarqatildi.

O‘zbekiston taqdim etgan "Ixtiyoriy majburiyatlar va va’dalar"da mamlakatda inson huquqlari sohasida erishilgan yutuqlar va amalaga oshirilayotgan islohotlar bilan birga, bu borada kelgusida bajariladigan vazifalar ham aks ettirilgan. Xalqaro, mintaqaviy va milliy doiralarda O‘zbekistonning istiqboldagi majburiyatlari va rejalari batafsil taqdim qilingan.

Ushbu majburiyatlarni 2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibi doirasida amalga oshirish belgilangan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunga qadar rejadagi ayrim ixtiyoriy majburiyatlarni bajarishga kirishilgan.

– Shu haqda batafsilroq to‘xtalish mumkinmi?

– Bu o‘rinda O‘zbekiston taqdim etgan "Ixtiyoriy majburiyatlar va va’dalar" uchta yo‘nilish – xalqaro, mintaqaviy va milliy darajalardagi bir qator muhim vazifalarni o‘zida qamraganini alohida ta’kidlash lozim. Avvalo, xalqaro ko‘lamdagi vazifalar haqida to‘xtalamiz.

O‘zbekiston BMTning teng huquqli a’zosi sifatida jahon miqyosidagi va mintaqaviy masalalarni hal etishda ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan faol hamkorlik qilmoqda. Bu borada qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni ilgari surish, BMT bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan va izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz BMT Bosh kotibi ilgari surgan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 yilligi: kelajakka nigoh» mavzusida turkum Global munozaralar o‘tkazish tashabbusini to‘la qo‘llab-quvvatladi. Shu tashabbus doirasida joriy yil davomida milliy va xalqaro hamkorlarimiz bilan uchta global onlayn munozara tashkil qildik.

Ushbu on-layn shakldagi global munozaralarda BMT va uning tuzilmalari, xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, YUNESKO, BMTRD, BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining Boshqarmasi, YUNFPA, YUNISEF, Xalqaro migrasiya tashkiloti hamda Prlamentlararo ittifoqning yuqori lavozimli vakillari ishtirok etdi.

Xususan, Global munozaralarning birinchisi: «O‘zbekiston va BMT: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik» deb nomlandi. Anjuman 2020 yil 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan videokonferensiya aloqasi shaklida tashkil etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Forum ishtirokchilariga murojaatida ta’kidlaganidek, "O‘zbekiston BMTning Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va boshqa xalqaro shartnomalarning maqsad va tamoyillariga sodiq hamda o‘z zimmamizga olgan majburiyatlarimizni og‘ishmasdan bajarib kelmoqdamiz. Bu biz amalga oshirayotgan, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar strategiyasining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir".

Ma’lumki, bundan besh yil avval BMTga a’zo-davlatlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish kun tartibini qabul qilgandi. BMT Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasida bugungi koronavirus inqirozi sharoitida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalasiga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas.

Nega deganda, dunyo tarixiy ko‘lamlarga ega bo‘lgan, ya’ni keyingi 50 yil davomida kuzatilmagan eng yirik tahdid va inqirozga duch kelib turibdi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari insoniyatni himoya qilish va farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu borada yakdillik bilan sa’y-harakat qilish uchun o‘ziga xos chaqiriq hisoblanadi.

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning qat’iy tarafdoridir. Mamlakatimizda 2017-2021 yillar doirasida amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la mos tushadi.

2018 yilda Hukumat tomonidan Barqaror rivojlanish sohasidagi 16 ta Milliy maqsad va shu maqsadlar bilan bog‘liq ravishda 2030 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan 127 ta vazifa tasdiqlangan. Ana shu Milliy maqsad va vazifalarni implementasiya qilish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" qabul qilingan. Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligidagi Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilgan.

O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha Milliy indikatorlar muvaffaqiyat bilan amalda tatbiq etilmoqda. Mamlakatimiz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘zining birinchi Ixtiyoriy milliy sharhini keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazib, BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashiga taqdim etdi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari Kun tartibi ijrosiga ijobiy munosabat bildirmoqda.

Ayniqsa, mamlakatimizning pandemiyadan keyin Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, madaniy merosning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi roli va hissasi, barqaror ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida barcha uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish zarurligi to‘g‘risidagi nuqtai nazari yuqori baholanayotgani diqqatni tortadi.

O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi doirasidagi o‘zaro hurmat va muloqot prinsiplariga tayanadigan hamda siyosatlashtirish, ikki xil standart va noxolis tanlov bo‘yicha yondashish kabi holatlardan xoli bo‘lgan ko‘p tomonlama hamkorlikni rag‘batlantirish ishiga hissa qo‘shib kelmoqda.

 Jumladan, mamlakatimiz delegasiyasi 2019 yil sentyabrida Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 42-sessiyasida ishtirok etganini qayd etish maqsadga muvofiqdir.

– O‘zbekiston Inson huquqlari kengashiga a’zo bo‘lish uchun zimmasiga olgan "Ixtiyoriy majburiyatlar va va’dalar"da ko‘zda tutilgan mintaqaviy va milliy ko‘lamdagi tadbirlar qanday bajarilmoqda?

– Shu yil 12-13 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan yoshlar huquqlarini targ‘ib qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand veb-forumi nafaqat mamlakatimiz va mintaqamiz, balki butun sayyoramiz yoshlarining hayotini yaxshilash uchun global hamkorlikning muhimligini alohida ta’kidlashga qaratilgani bilan g‘oyatda ahamiyatlidir. 

Xalqaro anjumanda "Yoshlar-2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari" nomli Samarqand rezolyusiyasi qabul qilindi. Hujjatda, jumladan, yoshlar huquqlari – har kim foydalanishi zarur bo‘lgan, ammo ayrimlar yoshining kichikligi tufayli bunday imkoniyatdan mahrum etilgan huquqlar ekani qayd etilgan.

Yaqinda Samarqand rezolyusiyasi BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida taqdim etildi. Shuningdek, u YEXHT Doimiy kengashi va Islom hamkorlik tashkilotining rasmiy hujjati sifatida tarqatilgani bejiz emas. Chunki Samarqand rezolyusiyasi hozirgi zamon davlatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq barcha jarayonlarda yoshlarni yanada keng jalab etish zarurligini har tomonlama tasdiqlashga xizmat qiladi.

         Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston va BMTning inson huquqlari sohasidagi hamkorligi hdoirasida keyingi 4 yilda o‘tgan 75 yil davomida erishilmagan nihoyatda muhim va yuksak natijalar qo‘lga kiritildi.

Birgina misol: 1993 yil 25 iyun kuni Vena shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tgan Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon konferensiyasida qabul qilingan Vena deklarasiyasi va Harakatlar dasturida har bir davlat inson huquqlarini himoya qilish uchun milliy harakatlar rejasini ishlab chiqishni tavsiya qilingan.

Oradan 27 yil o‘tib, davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 22 iyunda imzolangan Farmon bilan yurtimiz tarixida birinchi marta Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqdagi ma’lumotlar BMTning oltita tilida nashr etildi va Bosh Assambleyaning 74-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

Milliy strategiyani tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar BMTning Rasmiy hujjatlar tizimiga ham  joylashtirildi. Natijada dunyo jamoatchiligi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining arab, ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillaridagi matni bilan tanishishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi.

Milliy strategiya doirasida 53 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish, 37 ta chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda 8 ta xalqaro shartnomani ratifikasiya qilish – jami 98 ta hujjat ustida izchil ish olib borish belgilangan.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan 2020 yil 10 sentyabr holatidagi monitoring natijalari «Yo‘l xaritasi»ning jami 78 bandidan 17 tasi bo‘yicha ijro muddati yakunlangani, 7 ta band bo‘yicha ishlar o‘z muddatida bajarilganini ko‘rsatdi. Hatto 2 ta bandda belgilangan vazifalar muddatidan oldin ado etilgani e’tiborlidir.

So‘nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan ijtimoiy sohada 30 dan ziyod qonun qabul qilindi. Xususan, "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida", "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida", "Kasaba uyushmalari to‘g‘risida", "Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida"gi qonunlar shular jumlasiga kiradi.

Parlamentimiz tomonidan 10 dan ortiq xalqaro shartnoma, shu jumladan, Xalqaro mehnat tashkilotining 4 ta Konvensiyasi ratifikasiya qilindi.

Kambag‘allikka barham berish, aholi sog‘lig‘ini yaxshilash, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, ekologiya muammolariga yechim topish, gender tenglikni ta’minlash kabi muhim sohalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha komissiya va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash tuzilgan bo‘lib, ularning faoliyatida parlament a’zolari ishtirok etmoqda.

Mamlakatimiz hayotining boshqa sohalari qatori sud-huquq tizimida amalga oshirilgan shiddatli islohotlar amaliy natijasini bermoqda. Ushbu yo‘nalishda yangi qabul qilingan qonunlar, joriy etilayotgan ta’sirchan aniq mexanizmlar, tobora ko‘payib borayotgan oqlov hukmlari – bu kabi ijobiy omillar yurtdoshlarimizda adolat, baxtli hayot va kelajakka ishonchni yanada mustahkamlamoqda.

Sud-huquq sohasida erishilayotgan samaralar xalqaro ko‘lamda ham e’tirof etilmoqda. Jumladan, yaqinda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari, shuningdek AQSh Davlat departamenti o‘z hisobotlarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan shiddatli o‘zgarishlar, xususan, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash va odam savdosiga barham berish borasidagi islohotlarga ijobiy munosabat bildirdi.

Joriy yilda mazkur sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida so‘z borganda, avvalambor, BMTning Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yuzasidan o‘z ma’ruzasini BMT Inson huquqlari kengashining navbatdagi sessiyasiga taqdim etganini alohida ta’kidlash lozim. Ushbu ma’ruzada O‘zbekistonda keyingi yillarda sud-huquq tizimida erishilgan ijobiy natijalar alohida ta’kidlangan.

BMT Maxsus ma’ruzachisi Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z lavozimini bajarishga kirishgan paytidan boshlab amalga oshirgan muhim ishlar qatorida, jumladan, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash va huquqshunoslarning o‘z kasbiy faoliyatini yanada erkin bajarishini ta’minlashga qaratilgan islohotning ko‘plab amaliy natijalarini birma-bir sanab o‘tgani e’tiborga sazovor.

– BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi qanday organ va unga a’zolik saylovlari qay tarzda bo‘lib o‘tadi?

– BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi BMT Bosh Assambleyasining organi bo‘lib, 2006 yilda tashkil etilgan. Kengash o‘z majlislarini muntazam, yilida kamida uch marta o‘tkazadi.

Ushbu sessiyalardan biri asosiysi sanaladi va uning ishi o‘n hafta davom etadi. Kengash a’zolarining uchdan bir qismi talabi asosida, jumladan, muayyan mamlakatlardagi inson huquqlari bilan bog‘liq tashvishli ahvolni o‘rganish maqsadida maxsus favqulodda sessiyalar ham chaqirilishi mumkin.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi qarorgohi Jeneva shahrida joylashgan. Bosh  Assambleyaning 60/251-rezolyusiyasi 7-bandiga muvofiq, "Kengash tarkibiga 47 ta a’zo-davlat kiradi va ularning har biri Bosh  Assambleyaning ko‘pchilik a’zolari tomonidan bevosita yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi".

 BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zolik uchun beshta mintaqadan davlatlar tanlanadi. Ya’ni, Osiyo-Tinch okeani, shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasidan – 13 a’zo, Afrikadan – 13 a’zo, Sharqiy Yevropadan – 6 a’zo, Lotin Amerikasi va Karib davlatlaridan – 8 a’zo, G‘arbiy Yevropa va boshqa mintaqalar, jumladan, AQSH, Kanada va Isroil davlatlari orasidan – 7 a’zo  uch yil muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi delegatlari kuni kecha BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 15 ta a’zo davlatni sayladi. Ular safida O‘zbekiston, shuningdek Buyuk Britaniya, Boliviya, Xitoy, Gabon, Kot-d'Ivuar, Kuba, Malavi, Fransiya, Pokistan, Meksika, Nepal, Rossiya, Senegal va Ukraina bor.

Bu galgi saylovda bo‘shab qolgan 15 ta a’zolik o‘rniga Osiyo-Tinch okeani, shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasidan – 4 a’zo, Afrikadan – 4 a’zo, Sharqiy Yevropadan – 2 a’zo, Lotin Amerikasi va Karib davlatlaridan – 3 a’zo hamda G‘arbiy Yevropa va boshqa mintaqalar, jumladan, AQSH, Kanada va Isroil davlatlari orasidan – 2 a’zo  saylandi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi doirasidagi ushbu dastlabki saylovlarda O‘zbekiston uchun BMTga a’zo 191 davlatdan eng ko‘pchiligi – 169 tasi ovoz berdi. Osiyo guruhidan Pokiston ham 169 ovoz to‘pladi. Shuningdek, Nepal – 150 ta, Xitoy – 139 ta, Saudiya Arabistoni – 90 ta ovoz oldi. Kengashga saylangan yangi a’zolarning vakolati 2021 yil 1 yanvardan boshlanadi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi bo‘lishidan ko‘zlagan maqsadi ezgu va xolis. Biz mamlakatimizda ham, jahon miqyosida ham huquq va qonun ustuvor bo‘lishi, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari har tomonlama ta’minlanishi, himoya qilinishi va rag‘batlantirilishi tarafdorimiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Xabi Alonsoga "Real"ning yulduz vingeri kerak emas

Хаби Алонсо Родригога "Реал"нинг асосий таркибидан жой тополмаяпти.

Eron jasorat ko‘rsatmoqda

"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ikkita shartni ilgari surmoqda — Bild

Айни дамда Оқ уй Трампнинг Путин билан суҳбати натижа бериб, рус етакчиси ўз шартларини юмшатишига умид билдирмоқда.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

"Rossiyadan qo‘rqganimda, mudofaa vaziri bo‘lmasdim"

Россиядан қўрқганимда, мудофаа вазири бўлмасдим — Эстония мудофаа вазири Ханно Певкур лавозимни қандай эгаллаганини айтиб берди.

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

Bir vaqtning o‘zida uchta Evropa Ittifoqi mamlakati Ukrainaga qarshi

Сиёсий беқарорлик ва уруш чарчоқлари шароитида Украинани қўллаб-қувватлашни сақлаб қолишга уринаётган европалик расмийлар учун бундай бурилиш жиддий зарба бўлади, дея тушунтиради нашр.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Rossiyaliklar Sumiga yorib kirdi, shiddatli janglar davom etmoqda

Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.

Rossiya Ukrainaga 250 ta dron va 14 ta “Iskander-M” ballistik raketasi bilan hujum qildi

Украина Қуролли кучлари маълумотига кўра, 24 майга ўтар кечаси Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилган.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Quruqlikdagi neft zaxiralari ortmoqda

Шу муносабат билан агентлик жорий йилда нефть захиралари кунига ўртача 720 минг баррелга, келгуси йилда эса 930 минг баррелга ошишини тахмин қилмоқда.

Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxt bosib qolgan odam halok bo‘ldi

Иккинчи фуқарога бош мия жароҳати сабабли жарроҳлик амалиёти ўтказилган, у ҳозирда оғир ҳолатда реанимация бўлимида даволанмоқда.

Rossiya butun Ukraina bo‘ylab keng ko‘lamli kombinasiyalangan zarbalar berdi — OAV

Украина Фавқулодда ҳолатлар давлат хизмати маълумотларига кўра, Хмелницкий вилоятида тўрт киши ҳалок бўлгани ва беш киши яралангани ҳақида хабар берилган.

Chilonzorda Nexia-3 va Lacetti to‘qnashdi

ЙТҲ натижасида ҳар иккала транспорт воситаси ҳайдовчиси ҳамда Nexia-3 автомашина йўловчисига биринчи ёрдам кўрсатилган.

Farg‘onada 49 yoshli ayol ham ko‘knori bilan qo‘lga tushdi

Мазкур ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилган

Tailandda yana bir polisiya vertolyoti halokatga uchradi

Расмийларнинг билдиришича, вертолёт ҳалокатга учрагунга қадар уч киши ҳалок бўлган ва бир киши парашютдан сакрашга муваффақ бўлган.

“Bu eng bema’ni gap!” — AQSh bayonotiga G‘azodan javob

Фаластинлик таҳлилчи АҚШ элчисининг ҲАМАС ёрдамни ўзлаштирмоқда деган даъвосини рад этди.

“An’analarimizni masxara qilishdi”: Marubo qabilasi 180 million dollarlik da’vo qo‘zg‘adi

Амазонка қабиласи уларни "порнога тобе" деб тасвирлаган мақола сабабли New York Times’га қарши суд даъвоси очди.

Lukashenko: "Bizning avloddan keyin erkak qolmaydi"

Лукашенко демографик инқироз "эркаклар тугаб қолгани" билан боғлиқлигини таъкидлади.

Kislisa Istanbul muzokaralarining tafsilotlarini ma’lum qildi

Истанбулда ўтказилган Украина ва Россия делегациялари ўртасидаги музокаралар пайтида тўрт тилда таржима ташкил этилди, бу эса томонларга самарали ахборот алмашиш имкониятини яратди.

Jinoyatchi Isroil qamali oqibati: G‘azoda bolalar tug‘ilmay turib halok bo‘lmoqda

Ғазо ҳукуматининг Оммавий ахборот воситалари бошқармаси анклавда озиқ-овқат етишмаслиги туфайли ҳомиладор аёлларда 300 та ҳомила тушиши ҳолатини қайд этди.

Oq uy “jang maydoni”ga aylandi: U yerga borish — siyosiy tuzoqmi?

Трампнинг Овал кабинетдаги “қаттиқ танбеҳлари” дунё етакчилари учун янги муаммога айланди

G‘alaba Putin tomonidami? AQSh razvedkasi nimani aniqladi?

АҚШ Ҳарбий разведка бошқармасининг (DIA) "2025 йилгача глобал таҳдидларни баҳолаш" йиллик ҳисоботига кўра, Москва Украинага қарши урушда ўз мақсадларига эришишни давом эттирмоқда.

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 186-1-моддаси билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Gamburg vokzalidagi pichoqli hujum oqibatida jarohatlanganlar soni 18 kishiga yetdi

Bild'нинг ёзишича, 39 ёшли немис аёли руҳий касалликка чалинган бўлган ва жиноятдан сўнг психиатрия бўлимига ётқизилган.

Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

Воқеа Учтепа тумани Бешқайрағоч кўчасида содир бўлган

Samarqandda dala hovlida boqilayotgan sher bolasi aniqlandi

Унга биринчи ёрдам кўрсатилиб, вақтинча сақлаш учун вилоят кинология марказига олиб келинган ҳамда алоҳида парваришга олиниб, тиббий кўрикдан ўтказилган.

Buxorodagi zapravkada yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотга кўра, ёнғин ўчиришга ҳаракат қилган фуқароларнинг тан жароҳати олиш ҳолатлари қайд этилган.

Lavrov: Rossiya Ukrainadagi rusiyzabonlarni Zelenskiy "xunta"sidan ozod qiladi!

Россия бутун Украинани, айниқса, рус тилли аҳолини Зеленский "хунта"сидан "озод қилиш" ниятида эканлигини Лавров маълум қилди.

Dunyoda Rossiya qurollariga qiziqish ortib bormoqda — Putin

"Ўзимизга керакли ҳамда экспорт потенциалига эга бўлган истиқболли ҳарбий маҳсулотларга алоҳида эътибор қаратиш керак".

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Дунёда Россия қуролларига қизиқиш ортиб бормоқда — Путин

"Ўзимизга керакли ҳамда экспорт потенциалига эга бўлган истиқболли ҳарбий маҳсулотларга алоҳида эътибор қаратиш керак".

Чечен қўмондонидан тўғридан-тўғри таҳдид: “Русларни ўлдириш учун келган хорижликлар йўқ қилинади!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Очлик, бомбардимон ва ўлим: Ғазода инсоният ҳалок бўлмоқда

Ғазо шимолида жойлашган турар-жой биносига Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво ҳужуми оқибатида 50 дан ортиқ фаластинлик ҳалок бўлди ёки бедарак йўқолди.

Мудофаа вазирлиги ижтимоий тармоқларда тарқалган "Хоразм снаряд портлабди" деган хабар юзасидан расмий муносабат билдирди

Ҳозирда Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий прокуратураси томонидан дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда

Хоразмда металломга топширилган снаряд портлаб кетди. Қурбон бор

Манбага кўра, снарядлар Қорақалпоғистон Республикаси Амударё туманида ҳарбий хизматчилардан сотиб олинган.

Ҳиндистонда кучли ёмғирлар туфайли 45 киши ҳалок бўлди

Уттар-Прадеш ҳукумати жабрланганларга молиявий ёрдам кўрсатишини эълон қилди.

АҚШ 75 ёшли жиноятчини қатл қилди

АҚШ 1989 йилда оиласини пичоқлаб ўлдирган, аммо охиригача айбини тан олмаётган 75 ёшли жиноятчини қатл қилди.

Даҳшат: она ўз қизини ўлдириш учун 100 минг рубль эвазига киллер ёллади

Бу ҳақда Life.ru нашри ШОТ Телеграм-каналига таяниб хабар берди.

Россияда хитойлик ва ўзбекистонлик ишчилар муштлашди

Тўқнашувда ўндан ортиқ киши қатнашган. Шу билан бирга, улардан бири оломонни тарқатишга уринган ва «раҳбар муаммони ҳал қилади» деб айтган.

Сан-Диегодаги самолёт ҳалокати натижасида 3 киши ҳалок бўлди

Эддининг айтишича, самолётнинг қулашига тонгда бу ҳудудда кузатилган қуюқ туман сабаб бўлган бўлиши мумкин.

Эрон Озарбайжон элчихонасига ҳужум қилган эркакни ўлимга ҳукм қилди

Маҳкумнинг исми ошкор этилмади. ОАВ хабарига кўра, ҳукм қонуний кучга киргандан сўнг аниқ ҳолатлар кўрсатилмаган ҳолда ижро этилган.

Тошкент вилоятида битирувчилар “сўнгги қўнғироқ” учун пул ўғирлади

Ангренда 15–17 ёшдаги тўрт нафар мактаб ўқувчиси “Damas” автомашинасидан 11 миллион сўмни ўғирлади

Қашқадарёда “Жиҳодчилар” оқимининг 8 нафар аъзоси қамалди

Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.

Андижондаги мактабда 10 синф ўқувчиси дарс пайтида ўқитувчисига мушт туширди

Ўқувчи ўзини ўқитувчи ҳақорат қилгани ва шапалоқ туширганини, шундан сўнг ўзини ҳимоя қилганини айтган.

Оқ уй Эронни ядровий файл ҳақида огоҳлантирди

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Керолин Леавитт журналистлар учун ўтказилган навбатдаги брифингда маълум қилди.

Линколннинг қонга бўялган қўлқоплари аукционда 1,5 миллион долларга сотилди

Бу ҳақда Freeman's-Hindman ауксион уйи хабар берди.

Агар санкциялар бекор қилинса, Эрон ядровий фаолиятини назорат қилишга рухсат беради

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи СНН телеканалида маълум қилди.

АҚШДА ҳар бешинчи бола семириб кетган

Бу ҳақда Америка президенти Доналд Трамп Оқ уйда сўзлаган нутқида айтиб ўтди.

Японияда инсон тушларини ёзиб олиш технологияси яратилди

Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.

Тактик ядро қуроли: Россия МиГ ва Су самолётларига янги ракета ўрнатмоқда

Россия тактик ядро зарядли янги бошқариладиган авиация ракетасини жорий этмоқда

Босиб олинган Ғарбий Соҳилда бир нечта кўчманчилар ҳужумлари ҳақида хабар берилди

Босиб олинган Ғарбий Соҳил ва босиб олинган Шарқий Қуддусда кеча ва бугун кўчманчилар ҳужумлари авж олди:

Фермер "ер ковлаб," ўз майдонидан олтин топди

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Дунё бўйлаб ўғирланган iPhone'лар айнан бир жойда тўпланади

Financial Times таҳририяти дунё бўйлаб iPhone'лар ўғирланишига оид йирик журналистик суриштирувни эълон қилди.

Фирибгар келиннинг сири фош бўлди

Фирибгар келиннинг сири фош бўлди

Шимолий Корея Япония денгизи томон қанотли ракеталарини учирди

Ҳозирда снарядлар денгизга тушгани тахмин қилинмоқда.

Ўзбекистонда экологик ва атроф-муҳит бўйича Марказий Осиё тадқиқот маркази ташкил этилади

Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.

Қамчиқда Cobalt хандаққа тушиб кетди

Автомобилда ҳайдовчи ва 3 нафар йўловчи бўлган.

​​​​​​​АҚШда Исроил элчихонасининг икки ходими ўлдирилди

Гумонланувчи қўлга олинган.

Тожикистонда 2 ёшли бола боғчада каравотга осилиб қолиб, вафот этди

Маълумотларга кўра, лоқайдликка йўл қўйган 29 ёшли ходимга нисбатан жиноят иши қўзғатилган

Йўл транспорт ҳодисаси оқибатида вафот этган шахснинг қариндошига 100 млн. сўм зарар ундирилди

Жумладан, қарздорга ижро ҳужжати мазмуни тушунтирилиб, унинг талабини бажармаслик оқибатлари ҳақида огоҳлантириш берилган.

Марко Рубио: "Биз Ғазога озиқ-овқат етказиб бериш ҳажми ошишини кутяпмиз"

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Исроил томони билан Ғазога озиқ-овқат етказиб бериш ҳажмини ошириш бўйича музокаралар олиб бораётганини таъкидлади.

Покистонда террорчи мактаб автобусини портлатиб юборди

Ҳозирча ҳеч бир террорчи гуруҳ ҳужум учун жавобгарликни ўз зиммасига олмаган.

Байден ҳақида даҳшатли даъво: “Умри 1,5 йилдан кўп қолмаган”

Саратоннинг тезкор шакли ташхиси қўйилган Байденнинг умри 12 ойдан 18 ойгача қолган бўлиши мумкин.

Қизлар армияда хизмат қилмаган йигитларга турмушга чиқмаслиги керак

Қирғизистонлик депутат Надира Нарматова парламент йиғилишида шундай фикр билдирди.

Сурхондарёда фуқаролар қовундан заҳарланаётгани ростми?

Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.

Тошкентда фастфуд сабаб 10 ойлик чақалоқнинг чириган ичаги кесиб ташланди

Бу ҳақда “Миллар” дастурида маълум қилинди.

Полша Украинага қўшин юбориш бўйича якуний қарорни эълон қилди

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

АҚШ Эрон ядровий иншоотларига яқин орада зарба беришини эълон қилди

Бу ҳақда вазиятдан хабардор америкалик расмийларга таяниб CНН хабар бермоқда .

Исроил Ғазода ўзини-ўзи мудофаа амалиётини кенгайтирди

Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.

АҚШ бир қанча давлатлар билан фаластинликларни Ғазодан кўчириш имкониятини муҳокама қилмоқда

Қўшма Штатлар Ғазо секторидаги фаластинликларни у ерга вақтинча жойлаштириш имкониятини сўраб бир қатор давлатларга мурожаат қилди.