Wolt — tez, ishonchli va sifatli
Zamonaviy dunyo har bir sohada yuqori tezlikni talab qiladi. Ayniqsa, uydan chiqmasdan turib insoniyat uchun muhim sanalgan oziq-ovqat mahsulotlarini tez va sifatli yetkazib berish ham vaqtimizni ham naqdimizni tejashga yordam beradi. Quvonarlisi, yurtimizda ushbu xizmatni amalga oshiruvchi kompaniyalar safi kengaymoqda. Yaqinda yetkazib berish xizmatlari qatoriga Wolt ham qo‘shildi.
Wolt qayerda paydo bo‘lgan? Shu va shunga o‘xshash savollar ko‘pchilikni qiziqtirishi tayin. Keling, bu haqida qisqacha ma’lumot bilan tanishing.
Har qanday yirik biznes kichik biznesdan boshlanadi
Wolt — oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish xizmati bo‘lib u 2014- yilda Finlyandiyada yaratilgan. Helsinkida tashkil etilgan Wolt, mahalliy savdo platformasi sifatida tanilgan texnologiya kompaniyasi bo‘lib uning dunyoga kelishi juda qiziq tarixga ega.
Wolt 2014 yilda Helsinki, Finlyandiyada tashkil etilgan. Dastlabki ofis 10 kvadrat metrlik kichik xonada joylashgan bo‘lib eshigiga «Wolt korxonalari» deb yozib qo‘yilgan edi. U yerda xodimlar 9 oy faoliyat yuritishgan. 2015 yilda Helsinkida birinchi yetkazib berish amalga oshirildi. Eng qizig‘i, hozirda 28 mamlakat 129 dan ziyod shaharda faoliyat yuritayotgan kompaniya o‘shanda 6 nafar xodimga ega edi. Keyinchalik, u Shvesiyaga va Estoniyaga kengaytirilgan. Hozirda kompaniya Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi 28 mamlakatda faoliyat yuritadi.
Woltni ta’sischilar Blueberry Pie, Skyliner, Zaplane kabi bir qancha nomlar orasidan tanlab olishgan.
2020 yilda Wolt ilovasiga oziq-ovqat va chakana savdo qo‘shildi. U 2021 yilda Amerikaning DoorDash kompaniyasi bilan kuchlarni birlashtirdi va 2022 yilga kelib global bozorga chiqdi.
2024 yil holatiga ko‘ra, Wolt 28 mamlakat va 1000 dan ortiq shaharlarga, jumladan Helsinki, Tokio va Berlinga xizmat ko‘rsatadi. Woltning 70 000 dan ortiq savdo hamkori, 150,000 kuryer hamkori va 20 million ro‘yxatdan o‘tgan mijozlari mavjud. Wolt 28 mamlakatdagi ofislarida 12,000 dan ortiq xodimga ega.
Kichik bir xonada, sanoqli xodim bilan boshlagan kichik biznes bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlarini zabt etib gigant kompaniyalardan biriga aylandi. Aslida har qanday yirik biznes shunday kichik qadamlardan boshlanadi.
Wolt bizga nima beradi?
Tabiiy savol tug‘iladi.Woltning O‘zbekistonga kirib kelishi bizga qanday imkoniyatlar beradi?
Woltning vazifasi shaharlarni yaxshiroq joylarga aylantirishdir. Mazkur kompaniya mahalliy hamjamiyatlar va atrof-muhitga ta’sirini yodda tutgan holda hamkorlari bilan birgalikda maqsadli harakatlar qiladi. Wolt bizga istagan narsamizni tez, ishonchli va arzon narxlarda olib berish uchun juda oson imkoniyatlar yaratadi. U har bir xodim, kuryer, savdogar va mijozga adolatli munosabatda bo‘lishni maqsad qilgan.
Wolt platformasi mijozlarga kerakli narsalarni bir ilova orqali buyurtma berishni, savdogarlarga qo‘shimcha savdolarni amalga oshirishni va kuryerlarga moslashuvchan ravishda muhim daromadlarni olishni osonlashtiradi. Buning uchun u, mahalliy logistika, chakana savdo dasturlari va moliyaviy yechimlardan iborat keng texnologiyalar ishlab chiqadi hamda Wolt Market brendi ostida o‘z oziq-ovqat do‘konlarini yuritadi.
Wolt, barqaror rivojlanish tamoyillariga amal qiladi. Kompaniya, oziq-ovqat isrofini kamaytirish va ekologik toza paketlardan foydalanish kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va kichik bizneslarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratadi.
Wolt kompaniyasi, zamonaviy texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovasiyalari bilan, o‘z foydalanuvchilariga yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda. Oziq-ovqat yetkazib berish jarayonini soddalashtirib, ularning hayotini qulaylashtiradi. Wolt nafaqat oziq-ovqat, balki ijodiy yondashuv va barqaror rivojlanish konseptlarini birlashtirgan holda, kelajakda ham o‘z o‘rnini mustahkamlashni davom ettiradi.