Volodin safarbarlik e’lon qilinishining sababini aytdi

Volodin safarbarlik e’lon qilinishining sababini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qaror qilingan qisman safarbarlik maxsus harbiy operasiya vazifalarini hal qilishga yordam beradi. Bu haqda bugun Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Bugun nafaqat fashistlarning qurolli tuzilmalari, balki NATO kuchlari ham askar va zobitlarimizga qarshi kurashmoqda. Aloqa chizig‘i 1000 km dan ortiq. Tushunish uchun: Ulug‘ Vatan urushi yillarida Ukraina hududlarini fashistlardan ozod qilish uchun to‘rtta front harakat qilgan. Shubhasiz, qurolli kuchlarimiz sonini ko‘paytirish kerak”, - deya ta’kidladi Volodin.

Kecha, 22 sentyabr kuni Vladimir Putin Mudofaa vazirligining taklifiga asosan qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmon imzoladi. Unda asosiy maqsad - ozod qilingan hududlarda odamlar xavfsizligini ta’minlash deyilgan.

“Vatanimiz, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, ozod qilingan hududlarda xalqimiz va xalqimiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligi va Bosh shtabning Rossiya Federasiyasi hududida qisman safarbarlik o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatlashni zarur deb bilaman", - dedi Putin o‘z murojaatida.

Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, safarbarlikka faqat zaxiradagi harbiylar — harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy mutaxassislikka va tajribaga ega bo‘lganlar chaqiriladi. Harbiy harakatlar hududiga yuborishdan oldin har bir kishi qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!