Vladimir Putin: “Yangi qurollarimiz bilan hech kimni qo‘rqitmoqchi emasmiz. Ular...”

Vladimir Putin: “Yangi qurollarimiz bilan hech kimni qo‘rqitmoqchi emasmiz. Ular...”

Seshanba kuni yuqori martabali harbiylar bilan uchrashgan prezident Vladimir Putin Rossiyaning yangi qurollari dunyodagi boshqa hech qaysi davlatda mavjud emasligi, ammo mamlakat ularni hech kimga tahdid qilish uchun ishlatmasligini aytib o‘tdi. Putin yangi qurollar tobora ortib borayotgan tahdidlarni hisobga olgan holda xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan, deb aytdi.

Shuningdek, qurollarni takomillashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettirilishiga va’da berdi. 2018 yilda Putin yangi gipersonikli qurollar, yadro qurolli suv osti dronini va yadroviy kruiz raketasini namoyish qilgandi. Hozirda Rossiyaning G‘arb bilan munosabatlari yomon holatga kelgan. Bunga Ukrainadagi mojarolar va boshqa tortishuvlar sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!